Fan oyligi doirasida Respublika miqyosidagi oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi
Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilib kelinayotgan fan oyliklari taʼlim sifatini oshirishda, oʻquvchilardagi bilim va tushunchalarni yanada kengaytirishda alohida ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda. Tumandagi umutaʼlim maktablarida shu maqsadda barcha fanlarga doir oylik tadbirlari oʻtkazilib, taʼlim sifatini oshirishda samarali natijalarga erishilmoqda.

13-mart kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabida ximiya va biologiya fani oyligi doirasida “Ximiya va biologiya fanini oʻqitish sifatini oshirish” mavzusida Respublika miqyosidagi oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. Seminarda Respublika oʻquv-metodika markazi direktori Quvonch Jubanov, markaz uslubchisi Saltanat Tajetdinova hamda barcha tumanlardagi umumtaʼlim maktablarining 70 nafardan ziyod fan oʻqituvchilari, uslubchilari ishtirok etdilar.
Seminarni Respublika oʻquv-metodika markazi direktori Quvonch Jubanov ochib berganidan soʻng, fanni oʻqitish uslublarini takomillashtirishga va yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga doir masalalar yuzasidan maʼruzalar tinglandi. Soʻngra maktabdagi yuqori sinflarda Respublikadagi mahoratli ximiya va biologiya fanlari oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan ochiq oʻquv mashgʻulotlari kuzatildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan oʻquv-seminar yakunida maʼruzalar va ochiq oʻquv mashgʻulotlar yuzasidan ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, tajriba almashildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶