25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:57
Jamiyat 👁 829

EL NAZAPIDAGI MUALLIMA

EL NAZAPIDAGI MUALLIMA

Choykoʻllik Oʻrozimbat Seyi-tov oʻz farzandlariga kasb-korlar haqida tushunchalar berarkan, ulardan: “Katta boʻlganingda kim boʻlmoq-chisan?” – deb soʻrardi. Ota-onaning bunday savoliga qizi Sanobar: “Men katta boʻlsam, onamga oʻxshagan oʻqituvchi boʻlaman!” – deb javob berardi. Bu davrda Sa-nobarning onasi Jumabeka Peyimboyeva ovuldagi 22-son-li maktabda oʻqituvchi edi.

Sanobar maktabda oʻqib yurgan paytlarida matema-tika faniga ixlos qoʻydi. U ustozlari Baxtiyor Matqur-bonov va Jumaboy Pahimov-lardan matematika faniga doir ilmlarni oʻrgandi.

1995-yilda Sanobar 22-sonli maktabning 11-sinfini aʼlo baholarga tugatib, Nukus dav-lat pedagogika institutining muhandis-pedagogika fakul-tetiga hujjat topshirdi.

Sanobarning kirish imti-honlariga chin ixlos bilan tayyorlanishi tufayli un-ga omad kulib boqdi. Shu yili Sanobar muhandis-pedagogika fakulteti, meh-nat-informatika boʻlimi talabasi boʻldi.

Talabalik yillarida Sano-bar oliy taʼlim olish bora-sida tinimsiz harakat qildi va informatika fanini chu-qur oʻrganishga muvaffaq boʻl-di. U institut talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan barcha tadbirlarda, tanlov va bellashuvlarda ham faol ishtirok etdi. Bu borada unga ustozlari Baxtiyor Matqurbonov va Jumaboy Paximovlarning yordamlari katta boʻldi.

2000-yilda Nukus davlat pedagogika institutini muvaffaqiyatli tugatgan Sanobar Seyitova oʻzi taʼlim olgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida dastlabki mehnat faoliyatini boshladi.

Inson oʻz hayoti davomida turli voqealarni boshidan kechiradi. Bu – hayot qonuni. Bizning qahramonimiz Sano-bar Seyitova hayotida ham koʻplab quvonchli voqealar roʻy bergan.

Sanobar Nukus davlat pedagogika institutini tugatib, qoʻliga diplom olgan paytni, oʻzi oʻqigan maktabda oʻqituvchi sifatida ish bosh-lagan kunini, qalbiga yaqin boʻlgan inson – Gʻaffor Yesh-chanov bilan oila qurgan kunini, biri-biridan shirin farzandlari – Asadbek, Sher-bek va Diyorbeklar dunyoga kelgan quvonchli kunlarni, shuningdek, mehnat faoliyati davomida roʻy bergan koʻplab quvonchli lahzalarni shukro-nalik bilan esga oladi.

Bugungi kunda 22-sonli mak-tab jamoasi informatika va matematika fanlari oʻqituv-chisi Sanobar Seyitovani ishchan pedagog, yoshlarga meh-ribon ustoz sifatida juda yaxshi bilishadi va hurmat qi-lishadi.

Koʻp yillik tajribaga ega il-gʻor pedagog sifatida zamo-naviy taʼlim texnologiya-laridan foydalangan holda yosh avlodga taʼlim berish borasida samarali mehnat qilayotgan Sanobar Seyitova mehnat faoliyati davomida oʻzining pedagogik mahora-tini namoyon etib, ota-onalar, oʻqituvchilar jamoasi, jamo-atchilik va oʻquvchilar oʻrta-sida katta obroʻ qozondi.

Ayni kunda uning oʻquvchilari fan olimpiadalari va turli koʻrik-tanlovlarda muvaffa-qiyatli qatnashib kelishmoqda.

Sanobar Seyitova oʻquvchilar bilim samaradorligini oshi-rish, bolalarning boʻsh vaqt-larini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabda “Yosh dasturchi” toʻgaragini tashkil qilgan. U 2011-yilning aprel oyidan boshlab oʻqituvchilar-ning kompyuter savodxon-ligini oshirish, rahbar va pedagog kadrlarning taʼlim jarayonida axborot-kommu-nikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorli-gini oshirish boʻyicha trener-oʻqituvchi sifatida ham fao-liyat yuritib kelmoqda.

Sanobar 2014-2015 oʻquv yilida “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida informatika fanidan qatnashib, tuman bosqichida birinchi, Qoraqal-pogʻiston Pespublikasi bos-qichida esa ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan.

Ishchan oʻqituvchi Sanobar Seyitova oʻqituvchilarning anʼanaviy avgust Kengashi in-formatika oʻqituvchilarining shoʻʼba yigʻilishlarida trener sifatida muntazam ravishda ishtirok etib, oʻqituvchilarni taʼlimga oid yangiliklar, dolzarb vazifa va masalalar bilan tanishtirib boradi. U tuman miqyosida taʼlim si-fatini oshirish uchun yangi innovatsiyalarni tatbiq etish-ga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, infor-matika fanidan ochiq dars-lar oʻtib kelmoqda.

19-yildan buyon yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelayot-gan mohir pedagog Sanobar Seyitova oʻzining samarali mehnatlari uchun bir necha marta tuman hokimligi va xalq taʼlimi boʻlimining “Faxriy yorliq” hamda qim-matbaho sovgʻalari bilan mukofotlangan. 2017-yilda taʼlim sohasidagi fidokor-ona mehnatlari uchun Sanobar Seyitova “Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bi-lan taqdirlangan.

Qahramonimiz dars jarayoni-da oʻzi yaratgan koʻpgina koʻrgaz-mali qurollardan mahorat bilan foydalanadi. Buning natijasida esa uning oʻquv-chilarida oʻtilgan darslarni oʻzlashtirish samarasi yaqqol koʻzga tashlanadi.

Oʻzining fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan ham-kasblari va mahalladoshlari oʻrtasida katta hurmat qozon-gan Sanobar Seyitova maqtasa arzigulik oila bekasi, 3 na-far farzandning mehribon onasi hamdir.

Sanobar turmush oʻrtogʻi Gʻaf-for Yeshchanov bilan birga-likda 3 nafar oʻgʻilni el-yurti-mizga munosib farzandlar qilib tarbiyalashmoqda.

Ayni kunda 22-sonli maktab-ning 10-sinfida oʻqiyotgan Asadbek, 7-sinfida oʻqiyotgan Sherbek va 5-sinfida taʼlim olayotgan Diyorbeklar sinf-doshlari oʻrtasida namunali xulqi va aʼlo baholarga oʻqishlari bilan alohida ajralib turadi.

Biz 22-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, Sanobar Seyitova faoliyati bilan tanishganimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mak-tab direktori oʻrinbosari Ikrom Jangaboyev va maktab-ning boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi Poza Yoʻldo-shevalar Sanobar toʻgʻrisida juda yaxshi fikrlarni bil-dirishdi.

Ayniqsa, maktabning 11-sin-fi oʻquvchisi Payhon Bekmu-rodova tomonidan ustozi Sanobar Seyitova haqida aytilgan fikrlar, taʼrifu tavsiflar bizni qoyil qol-dirdi. Bu – oddiy bir maktab oʻquvchisining oʻz ustozi faoliyatiga bergan yuksak bahosi edi.

– Sanobar namunali oila bekasi, namunali pedagog si-fatida koʻpchilikning naza-riga tushgan ayollardan. Bu – uning baxti. Biz shunday ayollarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi, – deydi 22-sonli umumtaʼlim mak-tabi direktori Azimjon Bek-berganov.

Biz el nazaridagi muallima Sanobar Seyitovaga kelgusi ishlarida va hayotida bundan-da yuksak baxt-iqbol yor boʻli-shini tilaymiz.

Allambergan JUMANIYoZOV,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026