17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:19
Jamiyat 👁 1,033

AYoLNI EʼZOZLASh, UNGA EHTIROM KOʻRSATISh – OLIY QADRIYaT

AYoLNI EʼZOZLASh,  UNGA EHTIROM KOʻRSATISh  – OLIY QADRIYaT

Goʻzal va maftunkor oʻlkamizga  yangilanish, yasharish ayyomi boʻlgan bahor fasli kirib keldi.  Hassos shoirlarimizning ayolni bahorga, bahorni ayolga oʻxshatishining katta maʼnosi bor. Chunki hayot goʻzalligi, umr mazmuni – ayol! Oilaning asosi, oila hayotini charogʻon etib turadigan yorugʻlik – ayol! Ezgulik, mehr-muhabbat timsoli – ayol! Bahorning ilk kunida sevgi va sadoqat timsoliga aylangan buyuk shoira Zulfiyaxonim ham tavvalud topgan va shu kun sheʼriyat shaydolarining bayrami sifatida ham nishonlanadi. Ayolni eʼzozlash, unga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos boʻlgan eng buyuk qadriyat hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ayolga, onaga shunday taʼrif beradilar: “Yer yuzida muqaddas degan soʻzga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulugʻlab, ardoqlab yashaydi, ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi”.

Davlatmiz rahbarining  oʻtgan yilgi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonining qabul qilinishi xotin-qizlar va oila  bilan ishlash tizimini yangi bosqichga koʻtardi. Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati takomillashtirildi. Aniq vazifa va vakolatlari belgilab berildi. Har bir mahallada oilalar sonidan kelib chiqib, Xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilada maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi lavozimi joriy etildi. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. FHDYo organlari tumanlar  hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkazildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi.

Albatta, bundan koʻzlangan asosiy maqsad – xotin-qizlarning oilada, jamiyatda mavqeini,  siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish,  qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish, bir soʻz bilan aytganda, ayolni baxtli-saodatli qilish hamda oilalarni mustahkamlashdan iborat. 

Tumanimiz aholisining  96 mingdan ortigʻini, deyarli 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tumanimiz ayollaridan 9 nafari deputat boʻlsa, 100 ga yaqin ayollar turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlashmoqda.

Tadbirkor ayollarimiz ham koʻpchilikni tashkil etadi. Bu borada xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning ham oʻrni katta boʻlmoqda. Hozirgacha 7 nafar ayollarimizga shunday kreditlar olishlari uchun Qoʻmitaning tavsiyanomalariga koʻra kreditlar ajratildi. 

Hayotning turli zarbalariga dosh bera olmay ogʻir sharoitga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar ham bugun oʻz samarasini bermoqda. 2017-yilda 4 nafar nogironligi boʻlgan ayollarimizga arzonlashtirilgan namunaviy loyihadagi uy-joylarning boshlangʻich badallari toʻlab berilib, uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, 2018-yilda 14 nafar ana shunday ayollarga uy-joylarning boshlangʻich badali toʻlab berildi. Kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan ham 5 nafar ayol bepul uy-joyga ega boʻldi. Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan oʻnlab oilalarning uy-joylari taʼmirlandi.

Shuningdek, 40 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan ayollarga nogironlik aravachalari olib berilgan boʻlsa, 400  nafardan ziyod ayollarning ish bilan bandligini taʼminlashga koʻmaklashildi. Ogʻir sharoitga tushib qolgan 20 ta oilalarning farzandlari bepul qishki kiyim-bosh bilan toʻliq taʼminlandi.

Kelajak – bogʻchadan boshlanadi, degan tamoyil asosida birgina tumanimizning oʻzida oʻnlab maktabgacha taʼlim muassasalari qurilib, foydalanishga topshirildi va barchasi inventarlar bilan taʼminlandi.  Kelgusi yilga borib, kichik yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim maskanlariga qamrovini bundan ham oshirish asosiy maqsad hisoblanadi. Chunki onalarimizning bemalol, koʻngli xotirjam boʻlib ishlashlari, farzandlarining yaxshi tarbiya olishlari  uchun maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻrni beqiyos.

Bularning hammasi birinchidan, onalarga qulay sharoit yaratish boʻlsa, ikkinchidan, farzandlarimizning barkamol boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi. Ishonch bilan aytamizki, tumanimizda hech bir ayol, hech bir oila mehr-eʼtibordan chetda qolmaydi.   

Yurtimizni yanada rivojlantirish, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish, farzandlarmizni har tomonlama sogʻlom va bilimli qilib tarbiyalash borasida hali juda katta vazifalarimiz turibdi.

Muhtarama opa-singillarimizni  goʻzallik va nafosat ramzi boʻlgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Oilalar bagʻri butun boʻlishini, ayollarimiz doimo koʻngli xotirjam, goʻzal boʻlib yurishlarini tilayman. Barchangizga bayram muborak boʻlsin! 

Maryam Ahmedova, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026