“Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovi oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur tanlov Sardorlar Kengashi aʼzolarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ijodiy va intellektual, yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, erishgan yutuqlari va tajribalarini ommalashtirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
2-mart kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi va unda 7 ta jamoa ishtirok etishdi.
Tanlov uch shart asosida tashkil etildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovda tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining eng namunali maktab sardorlar Kengashlari aniqlab olindi. Tanlovda 76-sonli umumtaʼlim maktabining “Kelajak” jamoasi 1-oʻrin sohibi boʻldi. Hududiy bosqichda 1-oʻrinni egallagan 31-sonli maktabning “Yangi avlod” jamoasiga 2-oʻrin, 61-sonli umumtaʼlim maktabining “Tashabbuskorlar” jamoasiga 3-oʻrin nasib qildi.
Gʻoliblar va faol ishtirok etganlar Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan sovgʻalar, statuyetka, diplom va “Faxriy yorliqlar” bilan taqdirlandi.
J.Davletov, tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶