Yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan haydovchiga jazo tayinlandi
Har qanday transport vositasini boshqarishda yoʻl harakati qoidalariga amal qilinmasa halokat sodir boʻladi va insonlarning hayoti xavf ostida qoladi. Shu bois bunday hodisalarning oldini olish maqsadida harakat xavfsizligi tadbirlari doirasida jamoat tashkilotlari, korxona va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yigʻinlarida yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, qoidabuzarlik holatlari keng jamoatchilik oʻrtasida atroflicha muhokama qilinmoqda.
Zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan haydovchilarning va baʼzida piyoda yoʻlovchilarning beparvoligi, loqaydligi oqibatida qoidabuzarlik holatlari sodir boʻlayotgani sababli bu boʻyicha jinoiy ishlar aholi oʻrtasida sayyor sudlarda koʻrib chiqilmoqda.
13-fevral kuni Ellikqalʼa tuman Jinoiy ishlar boʻyicha sudi tomonidan tumanimizda yashovchi fuqarolardan biri tomonidan sodir qilingan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha ochilgan jinoyat ishi koʻrildi. Ushbu yoʻl-transport hodisasi fermer xoʻjaliklardan birida traktor haydovchisi boʻlib ishlaydigan fuqaroning oʻz boshqaruvidagi texnik nosoz traktorida yoʻlda ketayotganida yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaganligi sababli mototransport haydovchisi bilan toʻqnashganligi natijasida kelib chiqqan va jabrlanuvchi ogʻir shikastlanib, vafot etgan.
Traktor haydovchisi transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib, odam oʻlishiga sabab boʻlish ifodalangan jinoyatni sodir qilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga koʻra aybli deb topildi va unga qonunda belgilangan jazo chorasi qoʻllanildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶