Nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Vatan-mening nigohlarimda” tanlovi oʻtkazildi
Insonlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat koʻrsatish, koʻmakka muhtoj kishilarga begʻaraz yordam koʻrsatish, ularni qoʻllab-quvvatlash kabilar yurtimizda milliy qadriyat sifatida davom ettirib kelinmoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan kishilarga koʻmaklashish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, imkon darajasida mehnatga jalb etish, hayotimizning barcha jabhalarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish va haq-huquqlarini himoya qilish borasida doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda.
boʻlgan yoshlar orasida isteʼdodli yoshlarni izlab topish, yangi umidli ijodkorlarni kashf etish, oʻz isteʼdodlarini, ijod namunalarini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratish va yuzaga chiqarish maqsadida turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazilib, ularga keng imkoniyat yaratilmoqda. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Nogironlar jamiyati tuman boʻlinmasi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligidagi “Vatan-mening nigohlarimda” tanlovi ham shu maqsadda oʻtkazildi va unda tumanimizdagi nogironligi boʻlgan yoshlar ishtirok etdilar.
22-fevral kuni Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida oʻtkazilgan mazkur tanlovning tuman bosqichi ikki guruhga boʻlib oʻtkazildi. Birinchi guruhda 7-14 yosh, ikkinchi guruhda 14-30 yosh oraligʻidagi nogironligi boʻlgan yoshlar qatnashishdi. Ular turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz ijodiy ishlarida Vatanga boʻlgan muhabbatini, mehrini, tasavvurlarini ifoda etishga harakat qildilar. Astoydil ishlangan ijod namunalari belgilangan hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqildi va har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Tanlov yakuniga koʻra, 7-14 yosh toifasi boʻyicha rassomchilik yoʻnalishida 1-oʻrin 61-sonli maktab oʻquvchisi Samandar Abdullayev, 2-oʻrin 69-sonli maktab oʻquvchisi Zulayho Karimboyeva, 3-oʻrin 74-sonli maktab oʻquvchisi Diyorbek Ortiqovlarga, 20-30 yosh toifasidagi rassomchilik yoʻnalishida esa 1-oʻrin Aziza Yoʻldosheva, shu yosh toifasi boʻyicha tikuvchilik yoʻnalishida 1-oʻrin Sohida Koʻklanova, biser toʻqish yoʻnalishida 1-oʻrin Yulduz Karimovalarga berildi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 1-oʻrin gʻoliblariga Respublika bosqichiga yoʻllanma ham berildi.
M.Oʻrazimbetov, yoshlar ittifoqi tuman
Kengashining Yoshlarni ijtimoiy himoyalash
va matbuot bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶