17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 21:56
Jamiyat 👁 726

SARHISOB VA YaNGI REJALAR

SARHISOB VA YaNGI REJALAR

2019-yil 21-fevral kuni tuman xokimligining kichik majlislar zalida OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi XI plenumi boʻlib oʻtdi. Plenumda OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, OʻzMDTP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi yetakchi mutaxassisi X.Kabulov, partiya yetakchilari va faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Plenumni tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Maryam Axmedova ochdi va olib bordi.

Plenumda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi va partiya deputatlik guruhining 2018-yildagi faoliyati yakunlari va 2019-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi masalalar koʻrildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi raisi Shirin Yangiboyeva maʼruza qildi. U hozirgi kunda partiyaning tuman Kengashi aʼzolari soni 1401 nafarga yetgani, xisobot davrida 91 nafar aʼzo yangidan qoʻshilgani, shuningdek partiya aʼzolarining 54.6 foizini xotin-qizlar, 35.4 foizini yoshlar va qolgan 20 foizini keksalar tashkil etishini, boshlangʻich partiya tashkilotlari soni esa 41 tadan 43 taga yetganini, aʼzolik badallari tushumi boʻyicha reja 122 foizga bajarilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Yusupov 2018-yil davomida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik guruhi ish rejasiga muvofiq Halq deputatlari tuman Kengashi OʻzMTDP deputatlik guruhi aʼzolarining har oy davomidagi deputatlik ish faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlarini tinglash va kelgusi oydagi vazifalarini belgilash yuzasidan olib borilgan ishlar, hisobotlarning samarali yakunlari, deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil toʻxtaldi. U oʻz maʼruzasida OʻzMTDP deputatlik guruhi aʼzolarining takliflari asosida Halq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyasiga 6 ta masala kiritilganini taʼkidladi.

Shuningdek, A.Yusupov Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari har oyda belgilangan muddatlarda partiya deputatlik guruhi ish rejasi hamda deputatlarning shaxsiy ish rejasiga muvofiq deputatlar oʻz saylovchilari bilan oʻtkazgan uchrashuvlarda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha hududlardagi mavjud muammolar, yaʼni tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi, yoʻl qurilishi, aholi yashash joylarini tozalash va obodonlashtirish, aholi bandligini taʼminlash, kredit olish kabi masalalar bilan bir qatorda hukumatimiz tomonidan joriy etilgan qonunlar, qarorlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosi nazoratiga oid masalalarda 31ta deputatlik soʻrovlari kiritilgani va tegishli javoblar olinganini va 4 ta mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglanganini qayd etdi.

Bundan tashqari, plenumda deputatlar OʻzMTDP tuman Kengashining “Yoshlar qanoti” tomonidan tashkil etilgan “uyma-uy”, “deputat bilan yuzma-yuz” loyihalari doirasida aholi bilan uchrashib, ularning muammo va murojaatlariga yechim topishda koʻmakdosh boʻlayotganlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Plenumda partiyaning “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida beminnat xizmat koʻrsatgan oʻqituvchilarga hamda partiya faoliyatida samarali ish yuritgan deputatlar, partiya aʼzolariga yuqori tashkilotlarning faxriy yorliqlari topshirildi.

Plenum soʻngida, partiya safiga yangidan aʼzolar qabul qilindi hamda kun tartibidagi masalalar toʻliq koʻrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026