BOBUR DAHOSIGA EHTIROM
Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, shoh va shoir Zahiriddin Muxammad Bobur tavallud kuni butun mamlakatimizda keng nishonlandi,sana munosabati bilan oliy, oʻrta maxsus, kasb- hunar va umumtaʼlim muassasalarida maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar,teatrlashtirilgan tomoshalar , Boburxonlik kechalari oʻtkazildi. Tadbirlarda shoirning tugʻilgan yurtiga yuksak farzandlik muhabbati mohirona tasvirlangan , ayriliq dogʻi aks etgan gʻazallarini, ruboiylarini ishtirokchilar maroq bilan tinglagani-undan bizga naqadar bebaho adabiy meros qolganini anglatadi.
Ana shunday maʼnaviy- maʼrifiy kechalar Oq oltin ovulidagi 7-, 71-sonli maktablarda ham boʻlib oʻtdi.Tadbirlarda maktablar oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan t ashqari ota- onalar ham ishtirok etdilar, oʻquvchilar ijrosidagi shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼruzalarni, yuksak insoniy fazilatlar tarannum etilgan gʻazallarini maroq bilan tingladilar.
Dinora Tojimurodova,Ozoda Toʻliboyeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶