Diqqat, tanlov!
Tumanimizdagi kitobxon yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatish orqali boshqalarni ham kitob oʻqishga daʼvat etish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda “Kitob- maʼnaviyat sarchashmasi” nomli maqolalar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov uch yosh toifasida, yaʼni 9-14, 10-19 va 20-29 yoshlilar orasida oʻtkaziladi. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar kompyuterda terilgan va hajmi ikki betdan oshmasligi, shuningdek, “Kitob – maʼnaviyat sarchashmasi” tanloviga deb koʻrsatilgan holda telegramdagi @amunews01 (telefon raqami - 95 605 40 28) manziliga yoki tahririyatga pochta orqali yoxud ishtirokchi tomonidan shaxsan topshirilishi kerak.
Maqolalar shu yilning 25-fevral sanasigacha qabul qilinadi. Gʻoliblar 2019-yil 1-mart kuni eʼlon qilinadi va tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovga kelib tushgan eng yaxshi maqolalar “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb-saytida yoritib boriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶