YuLDUZLAP IChIDA ENG YoPUGʻI
Sokin qish oylarining sovuq kunlari. 1938-yil 30-yanvar kuni bir baxtli ayol ona boʻldi. Chaqaloq yigʻisi olamni tutdi. Ona shunday sevindiki, “men boʻlgʻusi Prezidentni dunyoga keltirdim, deb emas, balki onalik baxti nasib etdi, bolam sogʻlom dunyoga keldi, deb quvondi. Yillar oʻtib ana shu goʻdak Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov xalqimizning suyangan togʻi, tinch uyqumiz, toʻkin dasturxonimizning sababchisi, mustaqilligimizni abadiy qilgan buyuk insonga aylandi.
Islom Karimov koʻplab sohalarda oʻz mehnat faoliyatini olib borgan. Tirishqoqligi, xalqsevarligi, mardligi bilan ogʻir damlarda xalqiga dalda boʻlib xalq ichida, odamlarning dard-u tashvishlariga yechim topib, dorulomon zaminni barpo etdi. Tasavvur qiling, xuddi botqoqqa choʻkayotgan insonning qoʻlidan tortib, uni qirgʻoqqa olib chiqib, hayot yoʻlini ravon qilgan mard-u maydon boʻldi u.
Islom Karimov barcha sohalarni rivojlantirdi, sportga boʻlgan eʼtibori tufayli mamlakatimiz dunyoga maʼlum va mashhur boʻldi. Pio De Janeyroda boʻlib oʻtgan olimpiada musobaqalarida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirdilar. Oʻzbekiston sportchilarini ahli dunyo olqishlab turgan kunlarda biz buyuk bobomizdan – I.A.Karimovdan judo boʻldik...
Bugun hayot davom etmoqda. I.Karimov ishlarining izchil davomchisi Sh.M.Mirziyoyev oʻz ustozining sharafli yoʻlidan borib, xalqimizni yanada nurafshon, porloq kelajak sari boshlamoqda. I.Karimovning yorqin xotirasi esa yuraklarda mangudir.
Abadiyat charxida
Aylangan siymo boʻlib,
Yashadingiz doimo,
Bizga madadkor boʻlib.
Sizga taʼzim qilayin,
Sizdan ilhom olayin.
Doim qalbimda yashang,
Unutmaymiz, bobojon!
Siz qurgan imoratda
Yashar inoq xalqingiz.
Nomingiz yuraklarda,
Duo qilar xalqingiz.
M.MADIYoPOV, 51-sonli maktabning
yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶