TURSUNOY “ KAMALAK YuLDUZLARI” BOLALAR IJODIYoTI FESTIVALINING QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOSQIChI GʻOLIBI BOʻLDI
Amudaryo televideniyasi muxlislari tumanimizdagi 27-sonli maktabning 5-sinf oʻquvchisi Tursunoy Jiyanboyevani yaxshi bilishadi. Ayniqsa, bolajonlar “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” koʻrsatuvini bolalarga xos sodda, samimiyatga yoʻgʻrilgan ertaklarini sevib tinglashadi va tomosha qilishadi.
Eʼtiborga sazovor jihati shundaki,bu ertaklarning koʻpchiligi Tursunoyning oʻz ijodiga mansub. U ertaklarini oʻziga xos taʼsirli ohangda aytish bilan cheklanib qolmay,ertaklari qahramonlarining rasmlarini ham chizadi. Tursunoy Jiyanboyevaning ertaklari shu kungacha “Jayxun jilgʻalari”, “Yoshlik mavjlari”, “Parvozga shaylangan qaldirgʻochlar” nomli toʻplamlardan joy oldi.” Ikki toʻti” nomli kitobi bosilib chiqdi. U oʻzi ustida tinimsiz ishlab,iqtidorini rivojlantirishga intilib keladi, turli koʻrik-tanlovlarda insholar tanlovlarida qatnashadi. Shu harakatlari samarasi yaqinda “Kamalak yulduzlari” Bolalar ijodiyoti festivalida yaqqol namoyon boʻldi. U tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etdi va "F" guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Biz yosh ijodkor qizni bu yutugʻi bilan tabriklab, kelgusi ijodiy ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Sevara ISMOILOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶