IS GAZIDAN EHTIYoT BOʻLING!
Is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari yanada kuchaytirilmoqda. Tumanda bu boʻyicha ishchi guruhlar tuzilib, sektorlar masʼullari va tegishli mutaxassislar tomonidan keng koʻlamli profilaktika va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Fuqarolar yigʻini masʼullari, Majburiy ijro byurosi, gaz va elektr taʼminoti korxonalari, Yongʻin xavfsizligi boʻlimi, tuman davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirokida oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etmasligi oqibatida roʻy berayotgani taʼkidlanmoqda.
Targʻibot tadbirlari bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari tomonidan xonadonlardagi elektr va gaz jihozlari koʻzdan kechirilib, zarur hollarda taʼmirlanmoqda.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶