TADBIRKORLAR, KORXONA VA TAShKILOTLAR RAHBARLARI DIQQATIGA!
Har bir yuridik isteʼmolchi isteʼmol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvining sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har oyning 25 sanasigacha taʼminotchi korxonalarga taqdim etishlari shart ekanligini maʼlum qilamiz.
Yuridik isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi yetkazib berish 100 foiz oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, yoki hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, isteʼmolchi elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi tarmoqlaridan uziladi.
Tarmoqga qayta ulashda isteʼmolchi – yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hurmatli tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari! Kommunal xizmatlardan foydalanish borasidagi shartnoma shartlarining oʻz vaqtida bajarilmasligi qoʻshimcha mablagʻingiz sarflanishiga sabab boʻlishi mumkinligini yodda tutishingizni soʻraymiz.
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶