18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:16
Jamiyat 👁 833

Qipchoqda aholiga pensiya tizimidagi oʻzgarishlarni tushuntirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Qipchoqda aholiga pensiya tizimidagi oʻzgarishlarni tushuntirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlatimizning diqqat-eʼtiboridadir. 2018-yilning 12-dekabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ham shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Avvalo farmon mohiyatiga eʼtiboringizni qaratsak: 2019-yilning 1-yanvar holatiga tumanimizda jami 20970 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar boʻlib, shundan yoshga doir pensiya oluvchilar 15615 nafarni, nogironlik pensiya oluvchilar 2360 nafar, boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchilar 970 nafar, ijtimoiy nafaqa oluvchilar 2025 nafarni tashkil etadi va joriy yil yanvar oyi uchun ishlamaydigan pensiya va nafaqa oluvchilar uchun oylik talab miqdori jami 11. 1 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Ayni kunda tumanimiz boʻyicha 263 nafardan ziyodroq ishlovchi pensionerlarning faoliyat toifasiga koʻra, 64 nafarigagina pensiyalari toʻliq toʻlanar, qolganlari esa pensiyaning yarmini, yaʼni 50 foizini olib kelishayotgan edi.

Yuqoridagi taʼkidlagan Farmonga muvofiq, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, barcha toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyasini toʻliq toʻlash nazarda tutilgan. Bu oʻz navbatida keksa yoshdagi fuqarolarga pensiyaga chiqqanidan keyin ham mamlakatimizning jamoat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng ishtirokini taʼminlaydi, yoshlarga oʻzlarining kasbiy mahorati, mehnat tajribalarini singdirishga imkoniyat yaratadi.

Farmonda yuqori ish haqi hisobidan pensiyaga chiqqan fuqarolarimizga munosib pensiya miqdorini belgilash uchun pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirilishi ham belgilangan.

Amaldagi tartibga asosan esa yuqori miqdorda oylik ish haqi oluvchi fuqarolarga pensiyani hisoblashda eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan ziyodi inobatga olinmay kelgan edi.

Shuni taʼkidlash kerakki, yangi Farmon endi pensiyaga chiquvchilarga emas, balki ushbu toifaga tushuvchi hozirgacha pensiya olib turgan pensionerlarga ham tatbiq etiladi va pensiyalari qayta hisoblab chiqilib, 2019-yil yanvar oyi pensiyasi yangi miqdorda toʻlanadi.

Shu yilning 1-yanvaridan pensiya tizimiga joriy etilayotgan oʻzgarishlardan aholini xabardor qilish maqsadida 18-yanvar kuni Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Zokir Xalilayev, pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi rahbari Akram Ahmedovlar aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Mavzuga oid maʼruzalardan soʻng, aholidan tushgan savollarga javoblar qaytardi.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026