18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:58
Jamiyat 👁 945

85 ta obʼekt va 135 xonadon IIB Qoʻriqlash boʻlimining texnik qoʻriqlash punkti tomonidan ishonchli qoʻriqlanmoqda

85 ta obʼekt va 135 xonadon IIB Qoʻriqlash boʻlimining texnik qoʻriqlash punkti tomonidan ishonchli qoʻriqlanmoqda

Tuman IIB Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari korxona va tashkilotlarda, maktablarda, maktabgacha taʼlim muassasalari va mahallalarda qoʻriqlash xizmati boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini samarali oʻtkazib kelishmoqda. Qoʻriqqa olingan obʼekt va xonadonlar sonini koʻpaytirish, xizmat samaradorligini oshirib borish maqsadida aholiga qoʻriqlash xizmatining turlari, afzalliklari va undan foydalanish qulayliklari toʻgʻrisida keng tushuncha berilmoqda. Taʼkidlash kerakki, yangidan aholi xonadonlari va tadbirkorlik obʼektlarini qoʻriqqa olish jarayonida ushbu joylarga oʻrnatiladigan signalizatsiya vositalari bepul oʻrnatilib berilayotgani hamda xonadon sohiblaridan oylik xizmat haqidan boshqa hech qanday toʻlov talab etilmasligi foydalanuvchilarga juda qulay boʻlmoqda. Shaxsiy imoratlar, mol-mulklar, moddiy boyliklar qatorida fuqarolarning xavfsizligi ham taʼminlanib, jinoyatchilik va koʻngilsiz hodisalar yuz berishining oldi olinmoqda.

Qoʻriqlash naryadlari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar qoʻriqdagi obʼekt va xonadonlarning birontasida oʻgʻirlik va boshqa koʻngilsiz hodisalar yuz bermadi. Ishonchli qoʻriqlanishni taʼminlash maqsadida texnik qoʻriqlash punkti tezkor harakatlanuvchi guruhi naryadlari tomonidan tunda ham qoʻriqdagi obʼektlar joylashgan hududlar xizmat avtotransportida muntazam nazorat qilinmoqda. Undan tashqari, qoʻriqdagi obʼektlarga videokuzatuv, qoʻriqlash hamda yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya, “tashvish” tugmalarini oʻrnatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ovul va mahallalarda aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda ham qoʻriqlash xizmatidan foydalanishning afzalliklari, qulayliklari keng tushuntirilayotganligi natijasida qoʻriqdagi obʼektlar soni koʻpaydi va bugungi kunda jami 85 ta obʼekt va 135 xonadon IIB Qoʻriqlash boʻlimining texnik qoʻriqlash punkti va xodimlari tomonidan ishonchli qoʻriqlanib kelinmoqda. Yangidan qoʻriqqa olingan obʼektlarga ichki va tashqi tomonida sodir etilayotgan har xil harakatlarni kuzatib turuvchi videokuzatuv kameralari oʻrnatildi. Mazkur obʼektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning texnik jihatdan mustahkamligini oʻz vaqtida nazorat qilib borish va boʻlim shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida bugungi kungacha 55 marotaba “Tashvish” amaliy-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Maqsadimiz – bizga ishonib topshirilgan davlat, jamoat hamda fuqarolarning shaxsiy mulkini ishonchli qoʻriqlash va turli koʻngilsiz hodisalarning oldini olib, aholi tinchligi, xavfsizligini taʼminlashdir.

Matnazar Duysenboyev,

tuman IIB Qoʻriqlash boʻlimining

texnik qoʻriqlash punkti boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026