Vatanimizning jajji himoyachilari
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlim sohasiga juda katta eʼtibor qaratmoqda. Shu eʼtibor samarasi oʻlaroq tumanimizda koʻplab yangi bolalar bogʻchalari foydalanishga topshirildi. Bularni koʻrib koʻzingiz quvonadi. Bu bogʻchalarning barchasida yetarli shart-sharoitlar mavjud. Biz ota-onalar esa farzandlarimizdan koʻnglimiz xotirjam boʻlib ishlaymiz.
Mening ham oʻgʻlim tumanimizdagi “Amu quyoshi” nomli bolalar bogʻchasida tarbiyalanayapti. Bogʻcha yaqinda ish boshlagan boʻlishiga qaramay, bolajonlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi, deya olaman.
Bir kuni oʻgʻlim Jahongir bogʻchadan kelib,
– Oyi men endi askar boʻlmoqchiman. Hammangizni himoya qilmoqchiman, – dedi. Buni eshitgan buvisi juda sevindi. Singlisi bilan oʻynayotganida esa:
– Men katta boʻlsam askar boʻlaman, oʻzim seni himoya qilaman, – deb qoʻydi.
Bilsak, bogʻchasida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kunida tadbir oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishayotgan ekan. Oʻgʻlim tadbir boʻladigan kunni rosa intiqlik bilan kutdi. Boisi u harbiy formada tadbirda ishtirok etdi. Bu jarayonda uning koʻnglida harbiylarga – Vatan himoyachilariga nisbatan katta hurmat va iftixor tuygʻusi uygʻongani shubhasiz. Bunday jajji himoyachilar orasidan kelajakda koʻplab vatanimiz himoyachilari yetishib chiqishadi. Biz ota-onalar farzandlarimizga qaratilayotgan bunday eʼtibordan juda xursandmiz. Oʻylaymizki, bu qilinayotgan ishlar oʻz samarasini koʻrsatadi. Oʻgʻil- qizlarimiz vatanimizga munosib farzandlar boʻlib ulgʻayishadi.
Marhabo Matchonova, 5-sonli maktabning
ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶