El-yurtda izzatli öğlon
Ota-onalar farzandlariga mehr bilan şunday taʼrif beradilar:
– Önta bölsa örni, qirqta bölsa qiliği boşqa!
Tumanimizning “Boğ” mahallasida istiqomat qiluvçi Davlatboy oğa Örinov hamda Jamila opa Jumaniyozovalarning ahil va totuv oilasida voyaga yetgan beş nafar farzand ham öz dunyolari, orzu-intilişlari bilan ovul-elda, oilada biri-biridan ajralib turuvçi fazilatlari tufayli hurmatga munosib insonlar sifatida tanildilar.
Ayniqsa, oilaning tönğiçi Davron özining qatʼiyatliligi, epçilligi va uddaburonligi bilan boşqalardan ajralib turardi.
U 1995-yilda ovuldagi 13-sonli maktabni aʼlo baholarga tugatdi. Ikki yil davomida ovulda oddiy işçi bölib işladi. 1997-yilda u Samarqand Oliy harbiy Avtomobil qöşinlari qömondonlik bilim yurtining oziq-ovqat taʼminoti taktik qömondonlik mutaxassisligi böyiça öqişga kirdi. Bilim yurtini 2001-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan Davron Örinov uçun orzusidagi jangovar hayot boşlandi. Ilk harbiy faoliyatini Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy qism oziq-ovqat va kiyim-keçak taʼminoti xizmati boşliği lavozimida işlaşdan boşlagan Davron Örinov yillar davomida mamlakatimizning turli hududlaridagi harbiy qismlarda fidoyilik bilan iş yuritdi. Oddiy askardan tortib, qism qömondonligi zobit va mutaxassislarining ekologik toza, soğlom ovqatlanişlari uçun jon kuydirdi.
U qayerda, qanday vazifada xizmat qilmasin, doimiy hamrohi – umr yöldoşi Feruzaxon Qurbonova bilan birgalikda qurgan oila qörğonining çinakam ğamxöri böldi. Oliy maʼlumotli özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi, hozirgi kunda tuman xotin-qizlar qömitasi mutuxassisi bölgan Feruzaxon Qurbonova bilan jajji farzandi Tursunoyning kelajagi uçun oilaparvar ota böldi.
– Harbiy zobitning rafiqasi böliş oson emas, – deydi Davron Örinov. – Pözğor qançalik yaxşi taʼminlangani bilan oilada otaning örni baʼzan yarim tungaça, baʼzan tonggaça böş tursa, farzandlar “tiq” etsa, eşikdan közini uzmay kutib, uxlab qolişsa-yu, ayolingiz to Siz kelguningizça bedor kutsa. Buning uçun ayolga mislsiz sabr-bardoş, matonat kerak böladi. Şularni öylasam, Feruzaxon ham harbiylardan kam emas, deyman.
Ayni paytda zahiradagi zobit D.Örinov 2015-yildan beri tuman Mudofaa bölimining safarbarlik çaqiruv rezervi xizmati bölimi boşliği vazifasida faoliyat yuritmoqda.
Özining bilimi va tajribalarini yoşlarga örgatiş barobarida tumanimizning öquv muassasalarida, mahallalarda ötkaziladigan “Mardlik va jasorat” darslarida, davra suhbatlarida milliy Armiyamiz qudrati, zamonaviy harbiy texnika va texnologiyalar xususida sözlab beradi.
– Harbiy xizmatçining oilasi – ona Vatani, – deydi Davron Örinov. – Uning ana şu oilasi osoyişta bölsa, farzandlari va rafiqasi baxtiyor, el-yurti tinç Biz Davron Örinov va uning oilasini 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan çin dildan tabriklaymiz. Barçamiz uçun aziz va muqaddas yagona oila – ona Özbekistonimiz hamişa tinç va osoyişta taraqqiy etişida hamişa kamarbasta öğlonlarimiz omon bölsin!
Pobiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶