Akademik litseyda «Vatanparvarlik oyligi» doirasida tadbir oʻtkazildi
Yangi yil bayrami arafasida 3-sonli Amudaryo akademik litseyida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida oʻtkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida akademik litsey oʻquvchilarining harbiy mutaxassislar bilan uchrashuvi boʻldi.
Ushbu tadbirda Janubiy Gʻarbiy harbiy okrugiga qarashli 533-sonli safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni mutaxassisi mayor Sherzod Karimov, leytenant Sardor Xoldarov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi uslubchisi Otabek Xidirboyev va Mudofaa ishlari boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Ixtiyor Nodirovlar ishtirok qilishib, mamlakatimiz qurolli kuchlari va ularda xizmat qilayotgan harbiylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdilar.
Tadbirda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javoblar oldilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶