INSON QADRI HAR NARSADAN USTUN
Mamlakatimizda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan jinoiy jazolar tizimida “majburiy jamoat ishlari” joriy etilib, “qamoq” tariqasidagi jinoiy jazo turi bekor qilindi.
Endilikda, qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin.
Shuningdek, qoʻllaniladigan har bir jazoni oʻtash joylari, jarimalar miqdori aniq koʻrsatilgan. Undan tashqari, mahkumning yoshi, holati ham eʼtiborga olingan.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish va terrorizm kabi jinoyatlarni sodir qilganlik uchun belgilanadi.
Sud-huquq sohasidagi islohotlardan biri sifatida eʼtirof etilayotgan mazkur qonun asosida jazo tayinlash tizimi liberallashtirilib, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoyaga olingan. Shu jumladan, jinoiy jazolar insonparvarlik tamoyillariga koʻra muvofiqlashtirilgan. Bu davlatimizda inson qadr-u qimmati, adolat har narsadan ustun qoʻyilganining yaqqol isbotidir.
A.USPANOV, Adliya vazirligi huzuridagi
yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶