18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:47
Jamiyat 👁 804

Ayolga ehtirom – millatga ehtirom

Ayolga ehtirom – millatga ehtirom

Yakunlanib borayotgan 2018-yil barcha sohalarda boʻlgani kabi mamlakatimizdagi xotin-qizlar hayotida ham juda katta yangilanishlar, oʻzgarishlar, islohotlar yili boʻldi.

Joriy yilning 2-fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilinishi xotin-qizlar va oila bilan ishlash tizimini yangi bosqichga koʻtardi. Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati takomillashtirildi va vakolatlari kengaytirildi, aniq vazifa va vakolatlari belgilab berildi. Har bir mahallada oilalar sonidan kelib chiqib, Xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilada maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. FHDYo organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkazildi. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi.

Asosiy maqsad – xotin-qizlarning oilada, jamiyatda ijtimoiy mavqeini mustahkamlash, siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun sharoit yaratish, ayolni baxtli qilish, oilani mustahkamlashdan iborat.

Maʼlumki, vakillik organlariga saylovlar jarayonida xotin-qizlar uchun 30 foizlik kvota joriy etilgan edi. Hozirda tumanda 1 nafar ayol Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, 8 nafar ayol Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi. Shuningdek rahbar xodimlar orasida ham ayollar ulushi sezilarli darajada oshdi. Taʼlim, sogʻlikni saqlash, maktabgacha taʼlim, banklar, qishloq xoʻjaligi, jamoat tashkilotlari va boshqa koʻplab sohalarda xotin-qizlar samarali mehnat qilishmoqda. Kredit olib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan ayollar soni ham tobora ortib bormoqda.

Bu borada xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik fondi tomonidan 7 foizli imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan yuzdan ortiq ayollarga banklarning imtiyozli kreditlarini olishlari uchun tavsiyanomalar berildi.

tashqari, nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandini parvarishlayotgan ayollardan 14 nafariga turli manbalar hisobidan tikuv mashinalari sovgʻa qilindi, shundan 8 nafari kasanachilik asosida ish bilan taʼminlandi.

Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan ogʻir turmush sharoitida yashayotgan 105 nafar xotin-qizlarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, muammolari oʻrganildi va turmush sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish, uy-joy va ish bilan taʼminlash borasida tizimli ishlar olib borildi. 2018-yilda ogʻir sharoitda yashayotgan, nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan ayollar, farzandlarini bir oʻzi tarbiya qilayotgan yolgʻiz onalarning uy-joyga muhtojlik darajasi oʻrganib chiqilib, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzonlashtirilgan uy-joylardan olishlari uchun 16 nafariga uy-joyining boshlangʻich badallari toʻlab berildi. Shu jumladan 6 nafar uy-joyga muhtoj, ogʻir sharoitdagi ayollar uy-joylarining boshlangʻich badali xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik fondi mablagʻlari hisobidan toʻlab berildi.

Xotin-qizlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish boʻyicha manzilli ishlar olib borilishi, ayniqsa, ogʻir sharoitda yashayotgan, notinch oilalar bilan olib borilayotgan ishlar samara bermoqda.

Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oʻtgan yillarga solishtirganda 50 foizga kamaydi. Jinoyat sodir etgan ayollarning ham ona ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, bir jinoyat ham koʻp. Yaʼni, hech qaysi ayol jinoyatga qoʻl urmasligi lozim.

Sodir etilgan jinoyatlarning sabablari eng avvalo oilaga, oiladagi maʼnaviy muhitga, tarbiyaga borib taqaladi. Tumanimizda birgina 2018-yil davomida xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi, mahallalar faollari bilan birgalikda ajrashishgacha borib yetgan 80 ta oila, fuqarolik sudiga nikohdan ajratishni soʻrab ariza bergan 20 ta oila yarashtirildi. Lekin olib borilgan amaliy ishlarga qaramasdan oilaviy ajrashishlarning oʻsishi kuzatildi.

Oila – muqaddas dargoh. U yerda milliy oʻzlik, qadriyatlar, maʼnaviyat tarbiyalanadi. Toʻliq oilada oʻsgan farzandlarning koʻngli ham toʻliq boʻlib oʻsadi. Yo otasi, yo onasi bilan, baʼzida esa bobo-buvisi yoki yaqin qarindoshlari qoʻlida qolib ketayotgan bolalarning kelajakda koʻnglida boʻshliq qoladi. Buni ota-onalar juda chuqur oʻylab, anglab olishlarini istar edim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyulda imzolagan qarori asosida tumanda ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ish boshladi. Oʻtgan 6 oy davomida oilaviy-maishiy zoʻravonlikka uchragan, hayotda qiynalgan va oilasida notinchlik boʻlib turgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlardan murojaatlar kelib tushdi. Ularning barchasi bilan suhbatlar oʻtkazilib, amaliy yordamlar berildi, oilada oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashildi.

2018-yilni sarhisob qilar ekanmiz, amalga oshirilgan ishlar bilan birga hali qilinishi lozim boʻlgan, foydalanilmagan imkoniyatlarimiz ham bor ekanligini koʻramiz. Shunga koʻra, Tuman xotin-qizlar qoʻmitasining 2019-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” har bir hudud xususiyatini inobatga olgan holda manzilli ishlab chiqildi.

Xotin-qizlarning ogʻirini yengil qilish, oilalarning tinch-totuv, farovon hayot kechirishlarini taʼminlash, farzandlarni ertangi kunimizning munosib egalari qilib tarbiyalash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish orqali ularning ish bilan bandligini taʼminlash, har tomonlama faolligini oshirish yoʻlida bundan-da samaraliroq, eng muhimi, fidoyilik bilan mehnat qilish eng asosiy vazifamizdir.

Maryam AHmedova,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026