“Armiya bilan xalq – bir tanu jon”
Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish, aholiga, ayniqsa uyushmagan yoshlarga, profilaktik hisobda turuvchilarga yuksak vatanparvarlik gʻoyalarini singdirish maqsadida koʻpgina saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamkorligida butun mamlakatimiz boʻylab shu yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvarigacha oʻtkazilayotgan “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” deb nomlangan vatanparvarlik oyligi ham shularning biridir.
Shu yilning 18-dekabrida tumanimizda oylik doirasida boʻlib oʻtgan tadbir “Armiya bilan xalq – bir tan-u jon” deb nomlandi.
Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari A.Yoʻldoshev ochdi. Milliy gvardiya ofitseri O.Isokov mazkur tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, Milliy gvardiyaning kuch-qudrati, ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida, yurtimizning tinch-osoyishtaligiga erishish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. Tuman ichki ishlar boʻlimi A.Qurboniyozov maʼruzasidan soʻng Milliy gvardiya askarlarining kuch-qudrati, intellektual salohiyati aks ettirilgan hujjatli film namoyish etildi, shuningdek, Milliy gvardiya qurol-yaroqlari koʻrgazmasi, askarlarining qoʻl jangi mashqlari namoyish etildi.
yoshlarning koʻnglida ona Vatanimizga muhabbat va sadoqatini yuksaltirishga, qurolli kuchlarimizga hurmat va havas tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yulduz SAFARBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶