XALQIMIZ YaXShI QOʻShIQLARGA TAShNA, BIROQ...
Aniq sanasi esimda yoʻq, joriy yilning iyun oyida tuman Madaniyat boʻlimining tomoshalar zalida Toshkentdan bir guruh taniqli sanʼatkorlar kelib, kontsert dasturi namoyish etishdi.
Bu haqda eshitganimdan soʻng darrov men ham tomosha koʻrish niyatida yoʻlga oshiqdim. Kelib koʻrsam, tomosha koʻrishni xohlovchilar shunday koʻp ekanki, zalga odam sigʻmaydi. Ular yosh bolalik ayollar, keksalar, yoshlar, xullas, turli yoshdagi odamlar edi.
Shunda men odamlarimiz madaniy hordiq chiqarib, ruhiy quvvat olishga shunchalik tashna ekanligini koʻrib, toʻgʻrisi quvondim.
Bu bir menga emas, turli bayramlar munosabati bilan tashkil qilinadigan tomoshalarni xalqimiz qanchalik zavq bilan tomosha qilishi barchaga ayon. Lekin negadir tumanimizda ham iqtidorli sanʼatkorlar koʻp boʻlishiga qaramay, ularning kontsertlari tashkil etilmaydi. Agar Ikromjon Siytimov, Bahodir Rajabov, Anvar Xudoyberganov kabi mumtoz qoʻshiqlar ijrochilarining, yosh estrada xonandalarimizning kontsertlari tashkillashtirilib turilsa, odamlar minnatdor boʻlib tomosha qilishar edi.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan mehnatkashlarning Hayit, bayram kunlarida koʻngilli dam olishlariga sharoitlar yaratilib, qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanayapti. Hech boʻlma-sa, shunday vaqtlarda jonli ijroda kontsertlar oʻtkazilsa, juda maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Inobat OTAJONOVA,
38-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶