TUMANIMIZDA SAYLOVÇILAPNING YaGONA ELEKTPON PÖYXATI ŞAKLLANTIPILMOQDA
2017-yil 15-avgustda Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş yöli bilan mamlakatimizda saylov jarayonini yanada takomillaştiriş maqsadida “Özbekiston Pespublikasi saylovçilarining yagona elektron röyxatini şakllantiriş va yuritiş çora-tadbirlari töğrisida” Qaror qabul qilgan edi.
Qarorga muvofiq qabul qilingan “Özbekiston Pespublikasi saylovçilarining yagona elektron röyxatini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisida”gi Nizomda Özbekiston Pespublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari töğrisida”, “Özbekiston Prezidenti saylovi töğrisida”, “Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”, “Özbekiston Pespublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida”, “Axborotlaştiriş töğrisida”gi Qonunlariga muvofiq Özbekiston Pespublikasi saylovçilarining Yagona elektron röyxatini (SYaEP) şakllantiriş, yuritiş, yangilaş va undan foydalaniş tartibi belgilab berildi.
Bu yangilik 2017-yil dekabr oyida bölib ötgan Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov davomida sinovdan ötkazildi hamda xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Bu – Özbekiston Pespublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida” qarori qabul qilinişiga asos böldi.
2018-yil 4-oktyabrda qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq 2019-yilning 1-apreliga qadar bölgan muddatda uyma-uy yurib örganiş orqali fuqarolarning pasport maʼlumotlarini köçmas mulk obʼektining kadastr raqamiga boğlagan holda Içki işlar vazirligining maʼlumotlar axborot bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtinça yaşaş joylari manzillari töğrisidagi axborotni töliq dolzarblaştiriş ötkaziladi. Bunga tumanlar va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş sektorlari rahbarlari jalb etilişi belgilandi va tegişli korxona, taşkilotlar zimmasiga ham vazifalar yuklandi.
Tumanimizda mazkur hujjatlar ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşining 2018-yil 6-oktyabrdagi “Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida” gi 3961-sonli qarori ijrosini taʼminlaş töğrisida”gi şu yil 30-oktyabrda tuman hokimining 580-sonli qarori qabul qilindi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşining 2018-yil 19-noyabrdagi “Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida” gi 3961-sonli qarori hamda Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy saylov komissiyasining 2018-yil 6-noyabrdagi “Özbekiston Pespublikasida fuqarolarni uyma-uy yurib örganiş orqali, ularning pasport maʼlumotlarini köçmas mulk obʼektining kadastr raqamiga boğlaş işlarini taşkillaştiriş böyiça qöşma “Yöl xarita”si ijrosini taʼminlaş haqida”gi 622-sonli tuman hokimining 2018-yil 20-noyabrda qabul qilgan qaroriga asosan tuman hokimligi qoşida fuqarolarni uyma-uy yurib örganiş işlarini umumlaştiruvçi ştab, 4 ta sektorda fuqarolarni uyma-uy yurib örganiş böyiça ştablar tuzildi, 4 ta sektorlardagi 49 ta OFY va MFYlarda fuqarolarni uyma-uy yurib örganuvçi işçi guruhlar taşkil etildi va faoliyatini boşlab yubordi.
Tuman hokimligi qoşidagi fuqarolarni uyma-uy yurib örganiş işlarini umumlaştiruvçi ştabda talab darajada faoliyat olib borilişi uçun alohida xonalar ajratilib, uşbu xonalar kompyuterlar, printer, skaner, internet, telefon va faks aloqasi bilan taʼminlandi.
28-noyabrdan Manğit Iqtisod kolleji binosining ulkan va şinam xonasida öz faoliyatini boşlagan mazkur ştabda har bir sektorda uç nafardan taqdim etilgan maʼlumotlarni qabul qilib, umumlaştiriş, maʼlumotlar bazasiga joylaştiriş uçun malakali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan 12 nafar mutaxassislar jalb etilgan.
Şuningdek, tumanimizning turli hududlarini qamrab olgan 4 ta sektorlarda taşkil etilgan işçi guruh aʼzolari uyma-uy yurib, örganiş orqali fuqarolarning pasport maʼlumotlarini köçmas mulk obʼektining kadastr raqamiga boğlagan holda töplab, tuman ştabiga har kuni yetkazib turişayapti. Şu tariqa saylovçilarning yagona elektron röyxati şakllantirilmoqda.
Amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar kelgusida respublikamizda saylov jarayonini yanada takomillaştirişga, saylov jarayonini boşqariş axborot tizimini yaratişga va eng muhimi, “bir saylovçi – bir ovoz” printsipiga töliq rioya qilinişiga zamin yaratadi, bir saylovçining bir vaqtning özida bir neçta röyxatlarga kirib qolişining oldi olinadi.
Tatbiq etilayotgan bu özgarişlar ham mamlakatimizda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquqlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶