Qimmatga tushgan huquqbuzarlik
spirtli ichimlik ichish orqali elaro obroʻsiga putur yetgan, moddiy ziyon koʻrgan odamlar koʻp.
Hali oila qurishga ham ulgurmagan, endigina 24 yoshni qarshi olayotgan Abdumannon Obodov (ism, familiya oʻzgartirildi) shundaylar sirasidan. U 2018-yil 23-oktyabr kuni 01:20 lar chamasida oʻziga tegishli boʻlmagan “Kobalt” rusumli avtomashinani ishonchnoma bilan Nukus shahri koʻchalari boʻylab boshqarib borayotganida mashina harakatlanishi yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarida shubha uygʻotdi va toʻxtatib holati tekshirilganida, uning mast ekanligi aniqlandi.
Shu yilning 8-noyabrida Abdumannon Obodovning bu huquqbuzarligi Amudaryo tuman Maʼmuriy sudining sayyor sud majlisida, oʻzi yashaydigan mahalla fuqarolar yigʻini binosida atroflicha muhokama etildi.
Sud huquqbuzarga jazo tayinlashda ishdagi ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni, uning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va jarima jazosini tayinlashni lozim topdi. Shunday qilib, Abdumannon Obodovning bir marta spirtli ichimlik ichib, uning taʼsirida transport boshqarganligi toʻrt million olti yuz yetti ming besh yuz soʻm jarima va bir yil olti oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosiga tortilishiga sabab boʻldi. Endi eng muhimi, uning bundan tegishli xulosa chiqara olishida.
M.KARIMBOYeVA,
tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶