18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 06:01
Jamiyat 👁 795

QON-QAPDOSh, QAPINDOSh ELIM

QON-QAPDOSh, QAPINDOSh ELIM

Mamlakatimiz koʻp millatli xalqlar diyori. 130 dan ortiq millatlar yashaydigan qadimiy va hamisha navqiron Oʻzbekistonimizning taraqqiyot omillaridan biri ham ana shu millatlarning oʻzaro ahil-inoqligi, totuvligidir. 10 mingdan ortiq mahallalarda bir oila farzandlariday totuv yashayotgan xalqimizni ana shu totuvlik, millatlararo doʻstlik va tinchlikka asoslangan farovon turmush tarzi birlashtirib turadi.

Tumanimizning qaysi goʻshasiga bormang, ana shunday totuvlikdan rang olgan obod manzillarda biri-biriga izzat koʻrsatib yashayotgan turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillarini uchratasiz.

– Mening oʻzim qozoq millatidanman. Oilamiz aʼzolarining yarmi oʻzbek, – deydi choykoʻllik Qurol Qurbonboyev. – Toʻgʻrisini aytsam, kelinlarim, kuyovlarim oʻzbek millatiga mansub. Toʻy-maʼrakalarimiz ham ikki millat urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari asosida oʻtadi. Shundayin totuv, mehr-oqibatli oilamiz bilan faxrlanaman.

“Choykoʻl” ovulida bunday oilalar talaygina. Paziya ane bilan Alloh rahmat qilsin Kamol otalar oilasi tatar bilan oʻzbek, Abdulla ogʻa bilan Pezida onalar oilasi oʻzbek va boshqird, Oʻrinboy ota va Alloh rahmat qilsin Lida onamizning oilasi oʻzbek va ukrain millatlari hosilalari.

Bu kabi millatlararo birdamlikning gultojiga aylangan osoyishta va totuv oilalar tumanimizda anchagina.

Xolimbeg ovulida Daryoboy ota Toʻyliyev va Durdigul eje Geldiyevalarning oilasini azim Qilichboyda tanimaydiganlar juda kam. Serfarzand bu oilada voyaga yetgan farzandlarning barchasi elim, yurtim, degan fidoyilar.

– Ota-bobolarim shu zaminda tugʻilib, shu elni – elim, xalqim, shu yurtni – ota makonim, deb yashaganlar, – iftixor bilan soʻzlaydi Daryoboy ota Toʻyliyev. – Toʻgʻrisini aytsam, qoʻshnimning oyogʻiga tikan kirsa, jonim ogʻriydi. Mening yelkamga ogʻir yuk tushsa, qoʻshnim qarab turmaydi, ogʻirimga oʻz yelkasini tutadi. Et bilan tirnoqmiz axir. Yoshim bir joyga borganida yolgʻon soʻzlaymi, bu bagʻri keng yurtda biron kishi: “sen turkmansan”, degan emas. Oʻzbegim – ogʻam, joni-jonimga, eti-etimga, tomiri-tomirimga tutash jigarim.

Tumanimizning Amir Temur ovulida “Mehnatkash”, “Musofir”, “Chorvoq” nomi bilan tanilgan mahallalar bor. Men har gal bu ovulga borganimda Tirkash ogʻa Omonov, Aday ogʻa Tlepov, Xolboy ogʻa Guvajanov, Sattorbergan ogʻa Pahmonov, Ejegul eje, Bibizuhra eje, Oʻgʻilgul ejelarning biri-biridan mehnatsevar, el-yurtga qayishgan farzandlari bilan suhbatlashganimda, ayniqsa, Bibizuhra eje bilan Ejegul ejening hunarmand kelinlari toʻqigan, mehr ila tikkan liboslarini koʻrganimda yuz yillardan beri biri-biriga el boʻlib yashayotgan bu insonlarning fidoyiliklaridan zavqlanaman. Ayniqsa, umrining 35-yilini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan Bibizuhra eje Annasanovaning ovuldagi qiz chiqarish toʻylarida ham oʻzbekcha, ham turkmancha yor-yorlar, laparlarni qiyib aytishlari, dasturxonlarga zeb bergan goʻshtli turkman chalpaklar tayyorlashlarini, Navroʻz – umumxalq bayramlarida oʻzi tayyorlagan kunjutli iyjon toʻla patnislarni yorugʻ yuz, mehr-muhabbat bilan bayram dasturxonlariga tortiq qilganlarini koʻp bora koʻrganman. Ejejonning bundayin mehr-muhabbat ila evrilib turishlarida hamisha xalqimizgagina xos boʻlgan boqiy maʼnaviyat – totuvlikning ming bir hikmatini yurak-yuragimdan his etganman.

Oʻzbegim aylanib-oʻrgilganida, qozoq onajonlarim bovurim, deb bagʻrini ochib turganlarida, qoraqalpogʻim aynanayin chirogʻim, deya uyining toʻridan joy berib, qoʻnoq qilib siylaganlarida hamisha millatlararo mehr-muhabbatning, totuvlikning qudratidan koʻngillar yashnab ketadi. Bu toʻkislik, bu kengfeʼllik bizning Oʻzbekistonga xos, bizning bagʻri keng, qalbi obod xalqimizga xos. Xalqimizga xos bu buyuk maʼnaviy qadriyat Bosh Qomusimizda mustahkamlab qoʻyilgani – millatlararo tenglik va inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi esa xalqimizning chinakam BAXTIDIP. Bu BAXT quyoshi mangu porlayversin, aziz va jonajon, qon-qardosh, qarindosh elim!

Garchi men oʻzbekman, oʻz turkmanim bor,

Qoraqalpoq otli yurt – chamanim bor.

“Bovurim!” deb turgan qozoqlarimday,

Borsam, jonliq soʻyib suyunganim bor.

Biri aziz ogʻam, birlari ejem,

Uyi keng, bagʻri keng, koʻngli keng anem –

Tatarmi yo boshqird – barchasi aziz,

Qalblarni yoritgan shams-u mohinam!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026