Maʼnaviyatni yuksaltirish – muhim ish
16-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida “Maʼnaviyatga tahdid – oʻzligimiz va kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini kirish soʻz bilan ochgan kollej direktori Sh.Pahimberdiyev ushbu tadbirning maqsadi va ahamiyati haqida gapirib, oʻquvchi-yoshlarni “Ommaviy madaniyat” taʼsiridan himoya qilish, kollejda odob-axloqni, ona Vatanga sodiqlikni targʻib etuvchi tadbirlarni koʻproq oʻtkazish yuzasidan oʻz fikrlarini va takliflarini bildirdi.
Shundan keyin kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Otaboyev va kollejning ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi mudiri S.Abdullayevlar soʻzga chiqishib, maʼnaviyatimizni yuksaltirish va unga tahdid solayotgan omillarga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida kollej oʻquvchilari ham muhokama etilayotgan masala yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida oʻquvchilar savollari yuzasidan tushunchalar berildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶