3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi (+video)
Ayni kunlarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub maqsadi mamlakatimizni yuksak rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olib, har bir fuqaroning emin-erkin, farovon va baxtiyor yashashiga erishishdir.
Keyingi yillarda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning turmushidagi muammo va kamchiliklarini aniqlab, bartaraf etishga koʻmaklashish orqali oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashini taʼminlash bosh vazifa qilib qoʻyilmoqda. Ayniqsa gʻamxoʻrlikka muhtoj qatlam – nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, ular uchun munosib sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda nogironlar huquqlari qonun himoyasida. Asosiy Qomusimizdagi “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bob, 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum boʻlganida va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega”, “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” deb nomlangan X bob, 45-moddasida esa “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”, deb koʻrsatilgan.
Tumanimizda ham 2861 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qiladi. Ular Konstitutsiyamizda belgilanganidek, davlatimizdan ijtimoiy taʼminot olishdan tashqari, tuman rahbariyati, jamoat tashkilotlari va keng jamoatchilikning doimo eʼtiboridadir.
2017-yilda tumanimizda imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, tikuvchilik kasbi bilan shugʻullanib, ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok etib kelayotgan ikki nafar nogironligi boʻlgan yurtdoshimizga arzon uy-joylarning dastlabki badali toʻlab berildi. Shuningdek, imkoniyati cheklanganlarni ish bilan taʼminlash, nogironligi boʻlgan ayol-qizlarga tikuv mashinalari topshirish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan.
Buningdek savobli ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, ikki nafar nogironligi boʻlgan yurtdoshimiz oilasiga kichik issiqxona qurib berildi. Jismoniy imkoinyati cheklanganlarning 10 nafari nogironlik aravachasi, 161 nafari reabilitatsiya-texnik vositalar bilan taʼminlandi.
3-dekabr butun dunyoda Nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Har yili shu sanada tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbiri uyushtiriladi.
Joriy yilda ham bu anʼana davom ettirilib, “Istiqlol” toʻyxonasida tadbir tashkil qilindi.
40 nafardan ziyod nogironligi boʻlgan hamyurtlarimiz uchun toʻkin dasturxon yozildi. Tuman hokimligi va xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova ochdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Tadbir soʻngida tumanimizning turli hududlarida yashovchi, maʼlum sabablarga koʻra nogiron boʻlib qolgan 10 nafardan ziyod yurtdoshlarimizning uylariga borib hol-ahvol soʻraldi, bayram bilan qutlab, sovgʻalar berildi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶