Gaz jihozlari koʻrikdan oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlardagi isitish moslamalarining soz-nosozligi, kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻrikdan oʻtkazilmoqda.
Tuman hududida ovul va mahallalardagi aholi xonadonlarida, ijtimoiy obʼektlarda jamiyat nazoratchilari tomonidan yil boshidan shu kunga qadar 8 ming xonadonga eslatma, 3 ming xonadonga esa plakatlar tarqatildi.
Jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik pullik boʻlib, oʻtgan 9 oy davomida koʻrsatilgan xizmat 62 mln.soʻmdan ziyod boʻldi. Shundan aholi xonadonlariga 22 mln. soʻmlik, ijtimoiy obʼektlarga 40 mln. soʻmlik xizmat koʻrsatildi.
Ayni kunlarda jamiyat xodimlari tomonidan xonadonlarda pullik asosda gaz jihozlarini koʻrikdan oʻtkazish, sozlash, moʻrikonlarni va dudboʻronlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, shartnoma asosida korxona-tashkilotlar binolari uchun birlamchi oʻt oʻchirish inventarlari, jihozlar ham beriladi. Agar Siz ham bu xizmatga ehtiyoj sezsangiz, jamiyatning 93 619 97 79 raqamli telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶