18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 07:05
Jamiyat 👁 557

FUQAROLAR YIGʻINI RAISINING VAKOLAT MUDDATI UCh YILGA UZAYTIRILDI

FUQAROLAR YIGʻINI RAISINING VAKOLAT MUDDATI UCh YILGA UZAYTIRILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentyabrda “Fuqarolar yigʻini (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi va 2018-yil 27-sentyabrda Senat tomonidan maʼqullandi.

Parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qizgʻin bahs va munozaralardan keyin qabul qilingan. Ushbu Qonun loyihasi muhokamasi paytida taʼkidlanganidek, mazkur Qonun fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etish boʻyicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga qulay sharoit yaratish, saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Yangi Qonunga asosan endilikda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yigʻini tomonidan, fuqarolar yigʻinini chaqirish imkoni boʻlmagan taqdirda esa fuqarolar vakillarining yigʻilishi tomonidan saylanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning vakolat muddati ilgari ikki yarim yil boʻlgan boʻlsa, bu norma endilikda uch yilga uzaytirildi.

Saylovlarda fuqarolarning vakillari boʻlish uchun tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlish kerakligi qayd etildi. Endilikda bu vakillarning soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini tashkil etishi kerak boʻladi. Bunda har bir hududning aholisi soni inobatga olinadi.

Yangi Qonunga koʻra, endilikda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish masalasi bilan Respublika darajasidagi Oliy Majlis Senati Kengashining komissiyasi emas, balki alohida tuziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Respublika komissiyasi shugʻullanishi belgilandi. Uning tarkibiga parlament quyi palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, tegishli davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.

Saylovlar paytida fuqarolarning oʻz xohish-istaklarini erkin bildirishlariga taʼsir etish imkoniyatini qoldirmaslik maqsadida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovlarida faqat yashirin ovoz berish tizimi oʻrnatildi.

Yana bir muhim jihat, ushbu saylovlarning shaffof va oshkoraligini taʼminlash maqsadida, Qonunda fuqarolar yigʻini raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazish, saylov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yigʻini raisi (oqsosoli) lavozimiga nomzodlar toʻgʻrisidagi axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarining rasmiy veb-saytlariga saylov oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtirilishi belgilangan.

Ishonchimiz komilki, mamlakatimizda 2019-yilning may oyida oʻtkazilishi belgilangan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovlari bizning tumanimizda ham yangi Qonunga muvofiq yuksak demokratik tamoyillar va aholining faolligi, birdamligi asosida oʻtadi.

Ashirboy QOʻShAYeV, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha

tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026