Xususiy klinika samarali faoliyat yuritmoqda
Tuman Markaziy shifoxonasi binosi qoshidagi “MohiDil shifomed” MChJga qarashli xususiy shifoxonada keng turdagi tibbiy xizmat tashkil etilgan boʻlib, undan foydalanayotgan aholi minnatdor boʻlmoqda. Klinikada ishlatilayotgan UZI, EXO kardiografiya apparatlari orqali kasalliklar aniqlanib, aniq tashxis qoʻyilmoqda. Ayniqsa, laboratoriyada bemorlardan olingan tahlillar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida keng spektorda tekshirilmoqda.
Tashxis qoʻyish bilan birga davolash ham tobora takomillashayotgan klinikada kompyuter orqali umurtqa pogʻonasini choʻzish, massaj, parafin va ozonterapiya yordamida muolaja yoʻlga qoʻyilgan. Asosan yurak-qon tomir, nevrologik, oshqozon-ichak, buyrak, qandli diabet, nafas yoʻllari, tayanch-harakat aʼzolari kasalliklariga davo qoʻllanilayotgan bu maskanda statsionar tarzda davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.
– Klinikamiz 20-oʻringa moʻljallangan, – deydi gastroenterolog-shifokor Zulxumor Mamatqulova. – Salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan bemorlarning davo muolajalariga qoʻshimcha sifatida ozonterapiyadan ham foydalanayapmiz. Chunki, ozon bakteriya, virus va zamburugʻlarni nobud qila oladi, hatto tiklovchi jarayonlarni kuchaytirib, toʻqimalarda kislorod yetishmovchiligini bartaraf qiladi.
Faoliyat koʻrsata boshlaganiga hali uncha koʻp boʻlmagan klinikada sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilayotgani tufayli bemorlar shifo topib, salomatliklarini toʻliq tiklab olishmoqda. Malakali shifokorlar Z.Mamatqulova, N.Alevetdinova, K.Gulmonova, E.Nurimbetova, Yu.Abdullayevalar hamda qoʻli yengil hamshiralar M.Oʻrozmetova, H.Qozoqova, D.Oʻrozmatova, Z.Toʻrayeva, I.Yoʻldosheva, G.Qozokovalar tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan aholi juda mamnun boʻlmoqda.
Nasiba EShChONOVA,
“Gulzor” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶