24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:55
Jamiyat 👁 1,176

OILAVIY MUAMMOLAR OʻZ YeChIMINI TOPMOQDA

OILAVIY MUAMMOLAR OʻZ YeChIMINI TOPMOQDA

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy faolligini oshirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Mustaqillik yillarida bu borada muayyan ishlar olib borilgan boʻlsa-da, xotin-qizlar manfaatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha mexanizm yaratilmagan edi. Natijada ijtimoiy ogʻir vaziyatga tushib qolgan oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish boʻyicha samarali faoliyat olib borilmagan, oqibatda koʻplab masalalar toʻplanib qolgan edi.

Bularni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi va bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yuqori pogʻonaga koʻtarish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilib, oilalarda mehr-oqibat barqaror boʻlishini taʼminlash, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarini mustahkamlash, erta nikoh va ajralishlarning oldini olish, notinch va muammoli oilalarni oʻz vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash boʻyicha choralar koʻrishga shaxsiy javobgar qilib belgilangan edi.

Farmonga muvofiq tumanimizda tashkil etilgan “Oila” markazida oʻtgan davr mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi? Bu borada markaz bosh mutaxassisi Gulshod Yusupova shunday deydi:

– Tumanimizda mavjud 43 ming 546 ta, shundan 8 ming 430 ta yosh oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan oʻrnini targʻib qilish boʻyicha koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 15-may – Xalqaro oila kuniga bagʻishlangan tadbirlar rejalari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 2018-yil 10-17-may kunlari Respublikada “Mustahkam oila haftaligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan korxona va tashkilotlarda, kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarida, barcha mahallalarda “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” mavzusida 21 ta maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazildi. 2018-yil 17-may kuni tuman istirohat bogʻida Xalqaro oila kuniga bagʻishlangan katta bayram tadbiri oʻtkazildi. Dastur doirasida tumandagi 49 ta ovul va mahallalarda “Ibratli oila” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi va unda 5 ta hududdan 36 ta ibratli oilalar hududiy bosqichda ishtirok etishdi. Gʻolib boʻlgan 6 ta oilalarga tuman bosqichida qatnashish uchun yoʻllanmalar berildi. Tanlovning tuman bosqichida qatnashib, 1-oʻrinni egallagan xolimbeglik Ziyodboy Tangirbergenovlar oilasi “Ibratli oila” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida ham faol qatnashdi. Shu bilan birga 36 ta mahallalarda namunali oilalarning xonadonlariga ibrat olishi uchun yosh oilalarning tashriflari tashkil etildi, 2 ta kam taʼminlangan nogironi bor oilalarga saxovat yordamlari koʻrsatildi va 31 ta nizoli oilalar yarashtirildi, 21 ta taʼlim muassasalarida oila muqaddasligi mavzusida savol-javoblar, suhbatlar oʻtkazildi.

Oilalar va farzandlar salomatligini saqlash maqsadida koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada va Berdaq qishloq vrachlik punktida tibbiy koʻriklar tashkil qilinib, jami 568 nafar ayollar va 354 nafar bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sogʻlomlashtirildi.

Tuman boʻyicha 2 ta oila boshligʻi ichkilikka ruju qoʻygani, 1 ta oilada qaynona-kelin kelishmovchiligi tufayli muntazam janjal kelib chiqayotgani uchun profilaktika inspektori, mahalla posboni biriktirildi va muntazam xabardor boʻlib turilibdi.

Avgust oyida ovul va mahallalarda “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” shiori ostida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligi oʻtkazildi. Oylik davomida 31 ta oilaviy ajrimning oldi olinib, er-xotin va qaynona-kelinlar yarashtirildi. Shuningdek, mahallalarda “Eng yaxshi qaynona-kelin” hududiy tanlovi va 22-sentyabrda mazkur tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi, gʻoliblar tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining va “Oila” markazi tuman boʻlimining tashakkurnomasi, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Shu kungacha oilalarning ichki munosabatlarini mustahkamlash, shaxslararo munosabatlarni anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida saqlash maqsadida muammolari boʻlgan 80 ta oilalar bilan suhbat oʻtkazildi. Shundan oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash mavzusida 6 ta, jamiyatda zamonaviy oilalarning namunali shaklini hamda “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targʻib etishda 5 ta, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini aholi oʻrtasida keng targʻib qilishda 5 ta targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.

Markazimizga shu kungacha jismoniy va yuridik shaxslardan 80 ta, shundan oilaviy masalalar boʻyicha 54 ta, ish bilan taʼminlash boʻyicha 2 ta, moddiy yordam soʻrab 2 ta, huquqiy masala boʻyicha 17 ta, tibbiy yordam boʻyicha 5 ta murojaat boʻldi. Har bir murojaatchiga imkon qadar yordam koʻrsatilmoqda.

Olib borayotgan saʼy-harakatlarimiz tufayli tumanda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oilaviy ajrashishlar kamaydi.

Istagimiz – faoliyatimiz har bir oila tinch-totuv, baxtiyor va farovon yashashiga xizmat qilsin! Boisi, hayotning jamiki neʼmatlari har kimning oʻz oilasi bagʻridadir.

Suhbatni Oygul Rajabova yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026