18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:25
Jamiyat 👁 824

Sektor rahbari ikki nafar nogiron oilasiga issiqxona qurib berdi

Sektor rahbari ikki nafar nogiron oilasiga issiqxona qurib berdi

Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlarining ham turmushi farovon, obod boʻlishiga erishish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar izsiz ketmayapti. Ayniqsa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bilan uyma-uy yurib jonli muloqot qilish orqali muammolarini aniqlash va hal etish etish, mehnatkash xalqimizning turmushi sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan sektorlar faoliyati tufayli hayotimizda koʻpgina ijobiy oʻzgarishlar amalga oshmoqda.

Buni har birimiz kundalik hayotimizda his qilayotirmiz.

Tumanimizning chekka hududi hisoblangan Nazarxon ovuli tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligidagi 1-sektor hududiga kiradi.

Shu yilning 26-oktyabrida bir hafta davomida tumanimizda boʻlib, sektor aʼzolari bilan ovul va mahallalar hayotini oʻrgangan Respublika ishchi guruhi Nazarxon ovulida ham boʻldi va xonadonma-xonadon yurib, oilalar ahvoli bilan tanishdi.

Oʻrganishlar va yuzma-yuz muloqotlar davomida ovuldagi I guruh nogironi Sharofat Gʻanjarova, II guruh nogironi Gulzor Japaqovalar xonadonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligi aniqlanib, oilasida daromad manbalari oshishiga imkoniyat yaratish maqsadida tomorqa yeriga bir kun ichida issiqxona qurib berildi.

Sharofat Gʻanjarova ayni navqiron yoshda boʻlsa-da, koʻrish imkoniyatlari cheklangani tufayli I guruh nogironi boʻlib qolgan. Shuning uchun ham boshqalardek yelib-yugurib mehnat qila olmaydi. Biroq oilasi tomorqa yerida bunyod etilgan kichik issiqxona bu ziyrak va chaqqon ayolga ham mehnat qilishi va oilasi turmush darajasi oshishiga imkon berishi bilan cheksiz quvonch baxsh etdi.

Ijtimoiy ahvolimizni inobatga olib, issiqxona qurib berishganidan juda mamnunman. Endi oʻz qoʻlimiz bilan oʻzimiz oilamiz daromadini oshiramiz. Issiqxonada qish boʻyi xalqimiz dasturxoniga turli koʻkatlar va ertagi ekinlar koʻchatlarini yetishtiramiz. Butun oila aʼzomiz bilan mehnat qilamiz. Bizga bunday imkoniyatni yaratib bergan sektor rahbarimiz Sultonboy Yoʻldashevga, sektor aʼzolariga, Respublika ishchi guruhiga rahmat, - deydi quvonchini yashirolmay Sharofat Gʻanjarova.

Shu ovulda istiqomat qiluvchi Gulzor Japaqova ham besh yil muqaddam oyoqlari meʼyorida harakatlana olmay II guruh nogironi boʻlib qolgan edi. Surunkali davolanishlar tufayli uning oilasida ham moddiy qiyinchiliklar boʻlib turardi. Oʻsha kuni uning oilasi tomorqasiga ham kichik issiqxona qurib berilgani oila aʼzolari uchun quvonchli voqea boʻldi. Chunki tabiatan mehnatkash ayol oʻz xonadonida turli gullarni oʻstirib bilan shugʻullanib kelar, gullarga mehri boʻlakcha edi. Endi unga oilasida gulchilik bilan shugʻullanib, katta daromad olish imkoniyati yaratildi.

Nogiron ayol sektor rahbarining bunday gʻamxoʻrligiga javoban anvoyi gullar yetishtirib, tumanimiz xonadonlarini goʻzallik va nafosat ramzi bilan taʼminlashga ahd qildi.

Eng muhimi, bunyod etilgan ikki issiqxona ikki nogiron ayolni ham faol faoliyatga jalb etishga, daromad topib, oilasi iqtisodini yuksaltirishiga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026