Taʼlim muassasi, oila va mahalla hamkorligi yanada yaxshilanadi
17-oktyabr kuni Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilib, unda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, kollej oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir boshlanishida avvalo “Adashganlar” nomli hujatli film namoyish etildi. Keyin maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha kollej direktori oʻrinbosari A.Baltabayev, Amudaryo tumani prokurori yordamchisi Z.Idiyetullayev va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi masʼul kotibi T.Qoʻchqorovlar soʻzga chiqishib, ushbu xujjatli filmda koʻrsatilganidek oʻquvchi-yoshlar tomonidan nojoʻya harakatlar qilinishining oldini olish lozimligi, bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida taʼlim muassasalari, mahalla va oila hamkorligini kuchaytirish zarurligi haqida gapirdilar.
Shuningdek, tadbirda kollej oʻquvchilari ham “Adashganlar” hujjatli filmi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶