38-sonli maktabda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanaga bagʻishlab tadbir oʻtkazildi (+video)
21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Sana munosabati bilan tumanimizdagi 38-sonli maktabda “Til – millat faxri” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilar ona tilimizning jozibadorligi haqida soʻzlab, gʻazallar, ruboiylar, hikmatli soʻzlar aytdi. Maktabning 5-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etgan tadbirni oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilarni ona tilimizni eʼzozlashga daʼvat qilish, tilni mukammal bilishga, shu orqali milliyligimizni ulugʻlashga oʻrgatish hisoblanadi.
38-sonli maktabda oʻtkazilgan, maktabning ona tili fani oʻqituvchilari Dilbar Niyozimbetova, Zoya Bobojonova, Nazokat Yusupova hamda Muhtaram Sobirovalar tomonidan tayyorlangan ushbu adabiy-badiiy kecha ham oʻquvchilarda ona tilimizga yanada yuksak hurmat uygʻotib, ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶