18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:54
Jamiyat 👁 1,379

Elektron raqamli imzo: Oʻzbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari

Elektron raqamli imzo: Oʻzbekistonda joriy etilishi,  istiqbollari va huquqiy asoslari

Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. 

Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir.  Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi.  Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga,  manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi.  Hozirgi kunga kelib,  ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar.  Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.

Bugungi  kunda  butun jahonda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pogʻonaga koʻtarilmoqda. Bu oʻrinda elektron pochta,  elektron hujjat alohida ahamiyatga ega.  Elektron pochta oʻzaro bogʻlangan kompyuterlar tarmogʻi yordamida  matbuot xabarlari (matn,  rasm,  chizma) va hatto tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi.  Chuningdek,  u istalgan vaqtda kerakli maʼlumotni izlash va undan foydalanish imkonini beradi.

Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan,  elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan axborotdir.

Elektron hujjat quyidagi tushunchalarga asoslanadi: elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

 Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan,  faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi.

Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan,  elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi,  axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi.

Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron hujjatda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija. 

Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” gi  qonunida berilgan taʼrif boʻyicha elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

Har qanday qogʻozli yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisi  yoki tuzish uchun javobgar boʻlgan shaxsning imzosi boʻlishi tabiiy holdir.  Imzo quyidagi ikkita maqsaddan kelib chiqib qoʻyiladi.  Birinchidan,  maʼlumotni olgan tomon oʻzida mavjud imzo namunasiga olingan maʼlumotdagi imzoni solishtirib,  imzoning haqiqiy yoki soxtaligiga koʻra shu maʼlumotning haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlaydi.  Ikkinchidan,  shaxsiy imzo maʼlumot hujjatining yuridik maqomini taʼminlaydi.  Bunday kafolat esa savdo–sotiq,  ishonchnoma,  majburiyat va shu kabi bitimlarda alohida muhimdir. 

Qogʻozli hujjatlarga qoʻyilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab.  Chunki shaxsiy imzo faqat uning muallifi tafakkurining oʻziga xos boʻlgan koʻpqirrali tomonlari mahsulidir.  Shuning uchun bunday imzo muallifini hozirgi zamonaviy ilgʻor kriminalistika uslublaridan foydalanish orqali aniqlash mumkin.  

 Axborot-kommunikatsiya tarmogʻida almashinadigan elektron hujjatli maʼlumotlar ham qogʻozli hujjat almashinuvidagi anʼanaviy shaxsiy imzo vazifasini bajaruvchi kabi elektron raqamli imzo bilan taʼminlanib,  elektron hujjat va uning manbasini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasi echimini hal etilishini talab etadi.  

Elektron raqamli imzo qogʻozli hujjat almashinuvidagi anʼanaviy shaxsiy imzo xususiyatlaridan farqli boʻlib,  ikkilik sanoq tizimi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bogʻliq.  Xotira bitlarining maʼlum bir ketma-ketligidan iborat boʻlgan elektron imzoni koʻchirib biror joyga qoʻyish yoki oʻzgartirish kompyuterlar  asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik tugʻdirmaydi. 

Hozirda ERI Internet orqali axborot almashishning qonuniy rasmiylashtirilgan jarayoni hisoblanadi. Jumladan,  2003-yil 11-dekabrda 562-II-son Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” va 2004-yil 29-aprelda 611-II-son “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” qonuni qabul qilindi.  Qonundan maqsad elektron raqamli imzodan foydalanish va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdir.  Qonunga koʻra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan maxsus organ amalga oshiradi.  Bularga muhim komponent sifatida bir qator normativ hujjatlar,  davlat standartlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.

2005-yil 8-iyulda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ERI dan foydalanish sohasi boʻyicha maxsus vakolatli organ deb eʼlon qilindi va 2006-yilning 15-martida Oʻzbekiston Respublikasida internet-banking,  himoyalangan hujjat aylanishi,  elektron tijorat rivojlanishida muhim oʻrin egallaydigan ochiq kalitli infratuzilma texnologiyalaridan foydalanuvchi ERI kalitlarini roʻyhatdan oʻtkazuvchi markaz ochildi. 

Oʻzbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo boʻyicha davlat standarti

Yuqorida keltirilgan ERI algoritmlarining asosiy kamchiliklaridan biri,  buzgʻunchi kriptotizim asosiga olingan muammoni etarlicha aniq qoʻya olganda va uning bu muammoni hal qilishga resurslari etarlicha boʻlganda,  qabul qiluvchiga kelib tushgan raqamli imzo soxta boʻlsa,  imzolovchi shaxsda imzoning soxtaligini isbotlovchi dalillar va maʼlumotlarning yoʻqligidir.  Oʻzbekiston milliy ERI standartini yaratishda bu kamchiliklarni bartaraf etishga eʼtibor berildi.   Unda modul arifmetikasining yashirin yoʻllar juftiga ega boʻlgan bir tomonlama (parametrli) funksiyasi qoʻllaniladi,  bunda hisoblashlar qiyinlik darajasi boʻyicha darajaga koʻtarish amallari kabi engil amalga oshiriladi,  funksiyani teskarilash esa diskret logarifm muammosini echish jarayonidagidan kam boʻlmagan hisoblash sarflari va vaqt talab qiladi.  Anʼanaviy bir tomonlama darajaga koʻtarish funksiyasi bitta yashirin yoʻlga ega boʻlib,  u ushbu bir tomonlama funksiyaning xususiy holidir.  Unda yashirin yoʻllar sonining uchta boʻlishi mumkinligi bardoshlilikni oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. 

Nazokat MADIYaROVA, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisis.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026