Nogironligi boʻlgan fuqaroga poyafzal tikish mashinasi topshirildi

18-sentyabr kuni Agronsanoat majmui, fan va madaniyat, davlat muassasalari va jamoat xizmati, isteʼmol tovarlari, savdo va xizmat koʻrsatish xodimlari kasaba uyushmalari tuman Kengashlari va tibbiyot xodimlari kasaba uyushmasi tuman qoʻmitasi rayosatlarining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston Pespublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yil 2-fevraldagi va Oʻzbekiston Pespublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi rayosatining 2018-yil 11-iyuldagi xatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash masalasi koʻrib chiqilib, unda Amudaryo tumanida nogironligi boʻlgan ikki nafar fuqaroni hunarmandchilik uy mehnati (kasanachilik) asosida ish bilan taʼminlash uchun tumandagi kasaba uyushmalari qoʻmita va Kengashlarida yigʻilgan mablagʻ hisobidan ularga tikuv mashinalari va zarur matolarni olib berish yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
Yaqinda ushbu qarorga asosan Amudaryo tumanining “Boʻston” mahallasi, Mangʻit koʻchasi 87 uyda yashovchi birinchi guruh nogironi Allambayev Ahmadjon Tursunboyevichga qiymati 600 000 soʻm boʻlgan poyafzal tikuv mashinasi topshirildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶