18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 12:08
Jamiyat 👁 1,098

TAʼZIM SIZGA, AZIZ USTOZLAR!

TAʼZIM SIZGA,  AZIZ USTOZLAR!

Ustoz, oʻqituvchi, muallim, murabbiy. Bu soʻzlar mazmun-mohiyati bir-biriga yaqin, bir-birining takrori. Zamirida esa olam-olam maʼno mujassam.

Eng avvalo, yozishni va oʻqishni oʻrgatgan inson, bolajon uchun ustoz, murabbiy emasmi?

Oʻqish, yozishni bilgach, kitobga ixlos uygʻotgan shu muallim emasmi? Yaxshi oʻqisak, shod boʻlib, “5” baho qoʻygan, “aʼlo”dan past bilsak, darhol yeng shimarib bizni nazorat qilgan, koʻnglimizga yoʻl topib yana ilm sari yoʻnaltirgan shu oʻqituvchilar emasmi?

Taʼlim jarayonining eng masʼuliyatli va mashaqqatlisi boshlangʻich taʼlimdir. Bizga ilk marotaba qogʻoz-qalam ushlatgan va yozishni, oʻqishni oʻrgatgan birinchi ustozimizdir.

Maktabga birinchi kelgan kunimni tez-tez eslayman. Birinchi ustozim bizni otalarcha mehr bilan, kulib qarshi olganlar. Oʻsha kundan boshlab ustozimiz bizning ikkinchi otamizga aylandilar. Ustoz sabr bilan bizga saboq berganlar.

Men taʼriflayotgan inson tumandagi 35-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan Zarifboy aka Asqarovdir.

U 1966-yili oʻrta maktabni tugatib, Nukus Davlat Pedagogika instituti boshlangʻich taʼlim fakultetiga oʻqishga kirdi, oʻqishini 1968-yilda sirtqi boʻlimga aylantirib, hozirgi 35-sonli maktabga ishga kiradi. 1996-yildan 2005-yilgacha boshlangʻich sinflarda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasida ishlagan. 37 yillik mehnat faoliyati davomida qanchadan-qancha yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, 2005-yildan beri farzandlari va nabiralari ardogʻida keksalik gashtini surib kelmoqda.

Zarifboy aka turmush oʻrtogʻi, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Klara opa bilan besh qiz va toʻrt oʻgʻilni tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Hozirgi kunda farzandlari oʻzlari tanlagan kasbni egallab, yurtimiz ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Qizi Zamira opa esa ota-onasi kasbini tanlab, 69-maktabda yosh avlodga ona tili va adabiyot fanidan dars bermoqda. Men mana shunday insonning, ardoqli ustozning shogirdi ekanligimdan har doim faxrlanib yuraman.

Ustoz! Mana shu maktab partasi sen uchun Vatan, degan oʻgitingiz uchun, “Alifbo”ning ilk harfi –“A” dan boshlab bergan sabogʻingiz, savodxonlik mulkiga yetaklab kirib, undan toʻla-toʻkis bahramand etganingiz, hisob maydonida javlon urishga oʻrgatganingiz, inson qalbini, uning dardini tushunish sirlaridan ogoh etganingiz va boshqa barcha saboqlaringiz uchun sizga ming bora taʼzim, deymiz.

Bogʻbon oʻz niholining mevasini uch yilda koʻrsa, mashaqqatli va sharafli kasb egasi boʻlgan ustoz-murabbiylar oʻz mehnati samarasini oʻn bir yilda koʻradi. Mana shu uzoq masofa oraligʻida ustozlarning mashaqqatli mehnatlari mujassam. Zarifboy aka bizga “Alifbo” bilan birga hayot darsidan ham saboq berganlar.

Hozirgi kunda sinfdoshlarim turli jabhalarda, turli ishda, kimdir oʻqituvchi, biri shifokor, tikuvchi, haydovchi va hokazo, hayotda oʻz oʻrnini topgan insonlardir. Bunda, albatta, ustozimiz Zarifboy aka hamda boshqa oʻqituvchilarning hissasi kattadir.

Men boshlangʻich sinf oʻqituvchimiz Zarifboy aka Asqarovni va 35-sonli maktabda bizga ilm bergan barcha ustozlarimizni, shuningdek, hozirda oʻzim faoliyat koʻrsatayotgan 17-sonli maktab jamoasini 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ularning mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida zafarlar tilayman. Sizning oldingizda hamisha taʼzimdaman, aziz ustozlar!

Inobat RAJABOVA, 17-sonli maktabning

ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026