18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 13:07
Jamiyat 👁 1,215

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bolajonlarning sogʻlom, yetuk boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bolajonlarning sogʻlom, yetuk boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasiga, yosh avlod tarbiyasiga eʼtibor qaratilayotgani kichkintoylarga gʻamxoʻrlik ifodasidir. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi jadal olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi «Maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, 2018-yil 2-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, tumanimizda 2018-yilda davlat xususiy-sherikchilik asosida jami 10 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish belgilangan boʻlib, shundan 3 tasi rekonstruktsiya, 6 tasi yangidan qurilishi, 1 ta uy-bogʻcha tashkil qilinishi belgilangan edi. Bugunga qadar ularning 8 tasida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

A.Navoiy nomli mahalla hududida tashkil qilinayotgan, 75-oʻringa moʻljallangan “AMU QUYOSHI” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruktsiya qilish uchun shu kungacha bank tomonidan 700 mln. soʻm miqdorida kredit ajratildi. Hozirda bu muassasada rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda va joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Tosh yop ovuli hududida 50-oʻringa moʻljallangan “YULDUZCHA-MANG’IT” nodavlat MTM binosi foydalanishga topshirilgan boʻlib, bu muassasada tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, bolajonlarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishlari uchun alohida mashgʻulot xonalari, yotoqxonalar, ovqatlanish xonalari, yozgi ayvonchalar, alohida oshxona, omborxonalar zarur zamonaviy jihozlar bilan toʻliq jihozlangan. Muassasada bolalar oʻzlarini erkin his qilishlari uchun turli xil koʻngilochar mashgʻulotlar tashkil qilinadi, ota-onalar ham oʻz farzandlarini ishonchli qoʻllarga topshirib, ularning yaxshi sharoitlarda tarbiyalanayotgani uchun minnatdor boʻlmoqdalar. Hozirda muassasada 25 nafar tarbiyalanuvchi taʼlim-tarbiya olmoqda.

Tumanimizda bunday zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining tashkil qilinayotganligi tumanimiz aholisiga ularning farzandlari barcha shart-sharoitlarga ega maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanish imkoniyatlarini yaratishi bilan bir qatorda Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, yosh avlodning har tomonlama yetuk, sogʻlom, intellektual va barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun zamin yaratadi.

Bugun ota-onalari qoʻlidan tutib, bogʻchalarga talpinib kelayotgan bolajonlar mamlakatimiz kelajagini barpo qiladigan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishi bizning bugungi mehnatimizga koʻp jihatdan bogʻliq. Ana shunday masʼuliyatli kasb egalari – maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini kasb bayrami bilan qizgʻin qutlayman!

Mohira Yusupova, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi

nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash

hamda maktabga muqobil turlarini tayyorlash shoʻʼba mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026