UMPNING NUPAFŞON MANZILI
Şinam, ozoda, boğ-roğlar oğuşidagi hovli. Baland böy-teraklar, gul-u gulzorlar, hatto şundoq hovli yaqinidagi qiyğos oçilib yotgan paxtazor – hammasi gözal, kişiga zavq bağişlaydi, dilda havas uyğotadi. Bu– Ismoil hoji xonadoni.
Bizning dilimizda havas uyğotgan Ismoil hoji ota Törayev va u kişining rafiqalari Xonimjon hoji ona Törayevalarning katta xonadonidan ildiz otib, el-yurtga kamarbasta bölişga ulgurgan beş nafar öğil-qizlar tuzgan oila gulşanlari nafaqat Arna böyi mahallasida, balki tumanimizda ham köplarning eʼtibori va hurmatiga munosib.
Ismoil hoji Törayev öz umrining salkam 50-yilini tumanimiz qişloq xöjaligini rivojlantiriş, suğoriş tarmoqlari holatini yaxşilaş, ayniqsa, ekinzorlar tuproq şaroitini meliorativ jihatdan soğlomlaştiriş, dehqonçilik madaniyatini yuksaltirişdek masʼuliyatli vazifalarga bağişladi.
Tumanimiz iqtisodiyotidagi yirik soha – irrigatsiya tizimiga köp yillar rahbarlik qildi.
– Tumanimizning suğoriladigan yer maydonlarini zarur paytlarda suv bilan taʼminlaş heç qaçon oson bölmagan, – özi rahbarlik qilgan soha faoliyati haqida hikoya qiladi Ismoil hoji Törayev. – Şunday paytlar bölardiki, hududlar böyiça miroblarimiz bilan birgalikda kun-u tun böyi kanallar yoqalab yurişimizga töğri kelardi.
Ana şunday masʼuliyatli vazifalarni ado etiş jarayonlarida miroblar bilan yonma-yon suv yoqalab, horib-tolib oilasi bağriga qaytgan Ismoil oğani umr yöldoşi Xonimjon opa issiq mehr, samimiyat bilan kutib olardi. Er-xotin örtasidagi bu samimiyat, özaro mehr-oqibat farzandlar qalbini ziynatladi. Biri-biridan aqlli, bilimdon öğil-qizlar voyaga yetdi bu oilada. Ular ulğaygan sari Ismoil oğa bilan Xonimjon opaning orzu-umidlari ulğaydi.
Habibaxon tuman Tibbiyot birlaşmasida malakali akuşer-ginekolog, Bahromjon tadbirkor, Ilhomjon – fermer, Pavşanbek Pespublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali şifokori, Dilafröz 18-sonli maktabda ingliz tili fanidan saboq beradi.
Toşkent Tibbiyot akademiyasini muvaffaqiyatli tugatgan Habibaxon opasining izidan borib oliy maʼlumotli, yetuk şifokor darajasiga erişgan Pavşanbek, fermer va tadbirkor öğillari Bahromjon va Ilhomjon, yoşlarning sevimli ustozi Dilafröz, kelinlari – nevropatolog-şifokor Paʼnoxon, özi ham, muomalasi ham dilbar kelin Dilbarxonlar bugun Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning orzu-umidlarini amalga oşirayotgan tolmas qanotlari.
Beş nafar farzandi bugun 10 nafarga, nevaralari 12 nafarga yetib, Arna böyi mahallasining eng ibratli xonadon sohibi va sohibasiga aylangan Xonimjon hoji va Ismoil hoji Törayevlar öz umrlarining eng yoruğ, nurafşon manzilida muborak Kaʼbatullohni ziyorat etib, hojilik martabasiga yetişdilar.
– Şunday baxtga yetkazganiga şukur, – deydi Ismoil hoji ota mamnuniyat bilan. – Prezidentimizga, davlatimizning beqiyos ğamxörligiga ming-ming rahmat. Bizning haj amallarini ado etişimizda umuman heç qanday muammo bölmadi. Hojilar uçun yaratilgan şaroitlar, hatto kuzatiş, kutib oliş marosimlari insoniylikning gözal fazilatlari ila mehr-oqibat, özaro hurmat asosida böldi. 1-sentyabr – Özbekiston mustaqilligi bayramini biz muqaddas Makka şahrida nişonladik, butun dunyo musulmonlari, garçi köplarining tillarini tuşunmasak-da, ular bizni eng uluğ, eng aziz bayramimiz bilan tabriklaşdi.
Bugun Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning xonadoni yanada fayzga tölgan. Yor-u döstlar, qavm-qarindoşlarning qadami uzilmaydi bu xonadondan.
– Fermer öğlimning dalalarida yiğim-terim mavsumi boşlandi, –deydi quvonç bilan Xonimjon hoji ona şundoq tomorqa yeriga tutaş paxtazorni oralarkan. – Mana şu uç gektarlik paxta dalasini Ismoil oğangiz bilan ikkalamiz parvarişlaymiz. Begona ötlardan tozalaş, yaganalaş, suğoriş, hatto çilpiş işlarini ham özimiz bajaramiz. Axir paxta – boyligimiz, bu boylikni biz – xalq yaratamiz, qölimiz tegsin, deymiz-da.
– Otam bilan onam duo qilib tursalar, marramiz hamişa baland böladi, – deyişadi öylaşib olişganday Bahromjon bilan Ilhomjon.
“Ota-onam duo qilib tursalar”... Bu – farzandlar könglidagi samimiyat, könglida muhrlangan orzu, umid. Biri-biriga talpinib, biri-birining köngliga mehr nurlarini yöğirib yaşaguvçi bu xonadonda biz insoniylikning uluğvor sifati – mehr-oqibat daraxti gurkirab ösayotganiga guvoh böldik, Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning nurafşon va obod, fayziyob umr manziliga havas qildik. Hoji otaxon va hoji onaxon duoga qöl oçdilar:
– Ilohim, barçaga ana şunday keksalikning gaşt-u sururi nasib etsin!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶