Yöllarimiz ravon bölsa, turmuşimiz farovon böladi
Keyingi yillarda mamlakatimizda şahar, ovul va mahallalarni obodonlaştiriş, yangi uy-joy va boşqada maʼmuriy, maişiy obʼektlar qurilişlarini jadallaştiriş orqali aholiga qulayliklar yaratiş yuzasidan kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Albatta, bunday yangilanişlarni ravon yöllarsiz tasavvur etib bölmaydi.
Şu bois tuman Yöllardan foydalaniş unitar korxonasi uçun ham 2018-yilda bajarilişi lozim bölgan katta vazifalar belgilab berilgan.
Jumladan “4r 181” “Qipçoq pr – Manğit ş. – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” Respublika ahamiyatidagi avtomobil yölining 3 km. qismini töla taʼmirlaş işlari uçun 2018-yilga 7,9 mlrd. söm ajratilgan bölib, şu kungaça 4,2 mlrd. sömlik iş bajarildi.
Joriy yilning şu kunigaça mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllarini joriy taʼmirlaş işlari uçun 507,7 mln. söm ajratilgan bölib, 8 oy davomida 349,6 mln. sömlik iş bajarildi.
Jumladan, «4 k 32 a» avtomobil yölida 1,56 km. uzunlikdagi piyodalar yölakçasida tuproq işlari bajarildi va «4 n 96» avtomobil yölida 0,15 km. uzunlikdagi piyodalar yölakçasi taʼmirlandi, «4 k 46» avtomobil yölining 0,3 km. uzunlikdagi yoqa qismi çaqiq toş bilan mustahkamlandi, yöl belgilari almaştirildi, avtobekat qurildi.
Şuningdek, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllarini saqlaş işlari böyiça salkam 516 mln. sömlik, Respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllarini joriy taʼmirlaş işlari uçun 6 mlrd. sömlikdan ortiq, Respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllarini va Qipçoq panton köprigini saqlaş maqsadida 603 mln. sömlikdan ortiq işlar amalga oşirildi.
Tuman hududidagi içki yöllarni yagona buyurtmaçi injiniring kompaniyasi hisobidan joriy taʼmirlaş işlari uçun davlat dasturi böyiça joriy yilga 483,6 mln. söm ajratilgan bölib, şundan 8 oy davomida 185,6 mln. sömlik iş bajarildi.
Tuman hududidagi davlat dasturiga kiritilgan “Mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmati” hisobidan joriy taʼmirlaş işlari uçun 2018-yilga 1 mlrd. 314,8 mln. söm ajratilgan bölib, 8 oy davomida 411,2 mln. sömlik işlar bajarildi.
Ayni kunlarda tumanning “Obod qişloq” dasturiga kiritilgan “Qipçoq” şaharçasi va Nazarxon ovulidagi yöllarni taʼmirlaş işlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Bu hududlarda 2018-yilning 8 oyi davomida 554 mln. sömlik taʼmirlaş va yöllarga şağal-qum aralaşmalarini yotqiziş işlari amalga oşirildi.
Bizning korxonamiz jamoasi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, el-yurtimizning yanada obod bölişiga, yöllarimizning yanada ravon bölişiga özlarining munosib hissalarini qöşadi.
Anvar KAMOLOV, tuman Yöllardan
foydalaniş unitar korxonasi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶