PPEZIDENTNING AMUDAPYo TUMANIDAGI XALQ QABULXONASI: 8 oyda 232 ta murojaat qanoatlantirildi
Xalq qabulxonalari. Bu tuzilma taşkil qilinganiga hali köp vaqt bölmasa-da, tom maʼnoda xalqimizning işonçli hamkoriga, suyançiga aylanib ulgurdi. Ilgari biror davlat organiga iymanib, ming bir istihola bilan boradigan xalq öz dard-u taşvişlari haqida söz oçmasdan yo rad javobini olar, yoki ariza va şikoyatlarini hal etiş oylab paysalga solinardi. Davlat idoralari bilan xalq örtasida ötib bölmas tösiq, byurokratik sansalorlik mavjud edi. Muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev bu tösiqlarga barham berdi, şaxsan özlari katta jasorat ila xalq bilan muloqotga çiqdilar.
Özbekiston Pespublikasi Prezidentining tumanimizdagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqişda şaffoflikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Bironta şikoyat yoki ariza nazoratsiz qoldirilmaydi. Yaʼni, har bir murojaat mazmun-mohiyatiga köra nazoratga olinadi. Xususan, tuman Xalq qabulxonasiga 2018-yilning 24-avgust sanasiga qadar 285 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, şundan 164 tasi hududdagi idora va taşkilotlarga, 17 tasi yuqori taşkilotlarga körib çiqiş va hal etiş uçun yuborildi. 104 ta murojaat esa Xalq qabulxonasi tomonidan sinçiklab örganiş maqsadida qoldirildi. Bu murojaatlarning 232 tasi, yaʼni 81 foizi qanoatlantirildi. Şundan 94 tasi ijobiy hal qilingan, 100 ta murojaat egalariga huquqiy maslahatlar berilib, ularning taşviş va muammolarini hal etişga yordam körsatildi. Hal etilişi uçun maʼlum muddat, zarur hujjatlar va örganiş talab etiladigan 38 ta murojaat qatʼiy nazoratga olindi.
Xalqning dardu taşvişlarini tinglab, muammolarini hal qilişda sektorlar faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimi, tuman prokurori, IIB boşliği va DSI boşliği rahbarlik qilayotgan törtta sektor hududida ötkazilayotgan sayyor qabullar, xalq bilan oşkora muloqot, tarğibot tadbirlarida xalqimiz nafaqat şaxsiy, balki umummanfaati uçun daxldor bölgan muammolarni kötarib çiqayotgani, qimmatli takliflar bildirayotgani quvonarli.
Xususan, 2018-yilning 24-avgust sanasigaça hududlar böyiça sektorlar rahbarlari va boşqa idora-taşkilotlar rahbarlari iştirokida 69 ta tarğibot tadbirlari ötkazilib, 47 ta sayyor qabullar taşkil etildi. Ötkazilgan uşbu tadbirlarda 2000 nafarga yaqin aholi iştirok etdi.
Sayyor qabullar jarayonida men doim bir holatni quvonib kuzataman: xalqimizning huquqiy madaniyati yuksalib, ertangi kuniga işonçi va intilişi oşib bormoqda. Xalq ertangi kuniga işonayaptimi, demak, kelajak istiqbollari uçun daxldorligini his etayotir. Demak, xalqning özi mamlakatning porloq kelajagini yaratuvçi kuç, mamlakat xalq bilan qudratli ekanligidan manfaatdor. Prezidentimiz aytmoqçi: “davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan tamoyil bugun çin maʼnoda xalq hayotida aks etayotir.
Erkin Pajabov, Özbekiston Pespublikasi Prezidentining
Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶