24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:02
Jamiyat 👁 962

EL TANIGAN FIDOYI

EL TANIGAN FIDOYI

Oʻtgan asrning 80-yillari oxiri. Sobiq SSSP tarkibidagi Pespublikalarda notinchlik hukm surar, millatchilik, demokratik qoʻzgʻalishlar avj olgan edi. Ana shunday tahlikali bir davrda, 1988-yilda umumtaʼlim maktabini tugatgan Bahodir ota-onasining duosini olib, Volgograd davlat pedagogika universitetining rus tili va adabiyoti fakultetiga hujjat topshirdi. Maktabda aʼlo baholarga oʻqigani sababli shu yiliyoq talabalar qatoridan joy oldi.

Universitet tahsili qiziqarli, dars beruvchi professor-oʻqituvchilar nihoyatda talabchan boʻlishsa-da, oʻsha davr ruhi talabalar hayotiga oʻz taʼsirini oʻtkazgan, ayrim yoshlar orasida guruhbozlik, millatchilik gʻoyalari ham tarqalib ulgurgandi. Ana shunday tahlikali davrda universitet pedagogika jamoasi talabalarga sabr-toqat va zukkolik bilan taʼlim berishar, aʼlochi talabalarni doimiy ravishda ragʻbatlantirib turishardi. Bahodir Boltaboyev to universitetni tugatgunga qadar ustozlarining aʼlochi va intizomli talabalari safida tahsil oldi.

1993-yilda universitetni imtiyozli tugatgan Bahodir oʻzi tugʻilib oʻsgan ovuldagi 32-sonli maktabda yosh avlodga rus tili va adabiyoti fanidan dars bera boshladi.

Ishchanligi va tashkilotchiligi bilan nazarga tushgan Bahodirni oradan 1-yil oʻtib – 1994-yilda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman qoʻmitasining umumtaʼlim maktablari tashkilotlari boʻlimi yoʻriqchisi vazifasiga tayinlashdi.

Tinib-tinchimas bu yigit bilan goho yoʻlda, goho tuman miqyosidagi yigʻilishlarda, baʼzan esa yoʻlimiz bir boʻlgani uchun Mangʻit-Qipchoq yoʻnalishidagi avtobuslarda uchrashib qolardik.

– Falon maktabda bunday tadbir bor, – taklif qilardi doim. – Hamma maktablarda shunday tadbirlar oʻtkazayotirmiz. Bilasiz-ku, har xil boʻlar-boʻlmas oqimlar, mafkuraviy xurujlar kun sayin avj olayotir, – kuyib-pishib gapirardi Bahodir. Uning jiddiylik zohir boʻlgan yuzida hech ham horgʻinlik sezilmasdi. Zamonning qalqib turganini, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun bunday targʻibot-tashviqot tadbirlari juda muhimligini nainki taʼkidlardi, balki oʻzi ana shunday tadbirlarning tashkilotchisi ham edi oʻsha yillari.

Yoshlar bilan ishlashish borasida katta tajriba toʻplagan Bahodir Boltaboyev 23 yoshdayoq, juda qisqa fursatda Yoshlar ittifoqi tuman qoʻmitasi rahbariyatining ishonchini qozondi, tumanimiz yoshlari orasida obroʻ-eʼtibor topdi.

Oradan bir yil oʻtib, tashkilotchi va tashabbuskor bu yigitni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman qoʻmitasining mafkura boʻlimi mudirligiga tayinlashdi. Endi uning faoliyat koʻlami yanada kengaydi. Nafaqat umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari, balki tumanimizning barcha toifadagi yoshlari bilan ishlashish, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, odam savdosi, ommaviy madaniyat kabi yot gʻoya va illatlarga qarshi kurashish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar ongini turli xil mafkuraviy xurujlardan himoya qilish kabi mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ochiq muloqot shaklidagi davra suhbatlari tashkil etish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun sharoitlar yaratishdek qamrovi keng vazifalar tashabbuskori va ijrochisiga aylandi.

Oʻsha yillari oʻzim ishga qatnaydigan yoʻnalishdagi avtobuslarda Bahodirni juda kam koʻrardim.

Hech esimdan chiqmaydi: bir kuni ishdan ancha kech chiqdim. Mangʻit shahridan chiqaverishda, Mangʻit-Qipchoq yoʻli boʻyida yoʻlovchi mashinalardan biriga umid bilan qoʻl koʻtardim – toʻxtadi. Mashinaga chiqsam, oldingi oʻrindiqda Bahodir oʻtiribdi. Soʻrashib, omonlashdik.

– Kecha uyga borolmagandim. Ish koʻp, hisobotlar vaqti, paxta terimi deganidek... Ota-onam juda bezovta boʻlibdi. Bugun ham kechikib ketdim, – siz ham kechga qolibsiz-da, deganday gapirdi u.

Oʻsha yillari – 1994-1995-yillarda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri qiyinchiliklari yoshlar tashkilotlarini ham chetlab oʻtmadi. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman qoʻmitasi rahbaridan tortib, barcha mutaxassislari ham kun boʻyi dalama-dala yurishar, yoshlar brigadalarini tuzib, paxta terimiga jalb qilishar, oʻzlari ham paxta terishar edi. Horib-tolib daladan qaytgan Bahodir oʻshanda kechalari qoʻmita ofisida oʻtirib, oʻzi boshqaradigan mafkura boʻlimining ishlarini bajarardi.

Fidoyilik, masʼuliyatni his qilish, tirishqoqlik kabi sifatlari bois u 25 yoshida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman qoʻmitasi birinchi kotibligiga saylandi.

1996-2002-yillarda “Kamolot” jamgʻarmasi, keyinchalik “Kamolot” YoIH tuman boʻlimi Kengashi raisi, 2002-2009-yillarda tuman hokimligining ijtimoiy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi, tuman hokimining yordamchisi lavozimlarida sidqidildan xizmat qildi. Qaysi vazifani ado etishidan qatʼiy nazar, zimmasidagi masʼuliyat va burchni chin dildan his eta oldi va atrofidagilarning ishonchini qozondi. Quyidan to yuqorigacha oʻzi rahbarlik qilgan boʻlimlar va sohalar faoliyatini chuqur oʻrganib, oʻziga xos tajriba maktabini yaratdi. Koʻplab yoshlarga ustozlik qildi, oʻnlab shogirdlar tayyorladi. Uning shogirdlari ayni paytda fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat sohalarining bilimdonlari, jonkuyarlari sifatida el-yurt ravnaqi yoʻlida xizmat qilmoqda.

2009-yildan buyon shu kungacha tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Bahodir Boltaboyev guruh toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan ijro intizomini mustahkamlash, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish uchun nomzodlarni har tomonlama oʻrganish, kadrlar zahirasini shakllantirish, saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashish kabi vazifalarni sidqidildan ado etib kelmoqda.

Ayni kunlarda Bahodirning xonadoni shogirdlari, doʻst-u birodarlari tashrifidan fayzga toʻlgan. Yoshlar hayotiga oid muammolarni hal qilish, yoshlar bilan ishlashishda fidoyilik koʻrsatish, istiqlol gʻoyalarini yanada mustahkamlash, yosh avlod ongida vatanparvarlik, oʻzaro mehr-oqibat, intiluvchanlik va tashabbuskorlik tuygʻularini uygʻotish, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishdagi fidokorona xizmatlari uchun hamda mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan Bahodir Boltaboyev Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qaroriga koʻra “Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Xalqimizda shunday hikmatli ibora bor: “El fidoyisini el taniydi, hurmat qiladi”. El tanib, hurmat qilgan, mehnatlari eʼtirof etilib, Vatanning yuksak mukofotiga sazovor boʻlgan Bahodir Boltaboyevga bundan ham yuksak unvonlar nasib qilishini tilaymiz!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026