Mahallada yangi doʻkon ochildi
“Choykoʻl” ovulining “Shayx qalʼa” mavzesida istiqomat qiluvchi Oʻrinboy ota Bozorboyev oilaviy tadbirkorlikning hadisini olganlardan. Uzoq yillar xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borgan Oʻrinboy ota Bozorboyev nafaqaga chiqqach oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻydi, farzandlariga chorvachilik va dehqonchilik ilmini puxta oʻrgatdi. Endilikda otaning oʻgʻillaridan biri chorvador, biri mohir tomorqachi. Xonadonning oʻz chorvachilik minifirmasi, parrandachilik tarmogʻi ayni paytda moʻl-koʻl daromad manbaiga aylangan.
Yaqinda otaxonning kenja oʻgʻli Azamat Bozorboyev oilaviy tadbirkorlikning yana bir yoʻnalishini tashkil etdi. Oilaning oʻz mablagʻi hisobidan kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qiluvchi yangi doʻkon binosini qurib, ishga tushirdi. “Salomat Bozorboyev” oilaviy firma-korxonasining filiali sifatida tashkil etilgan doʻkon zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan boʻlib, xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Pobiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶