18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Jamiyat 👁 1,926

AYoLNI ULUGʻLASh —MILLATNI ULUGʻLASh DEMAKDIR

AYoLNI ULUGʻLASh —MILLATNI ULUGʻLASh DEMAKDIR

Jamiyat rivojini ayol-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz aslo tasavvur qilib boʻlmaydi. Adolatli jamiyatda ayol huquqi eng oliy, eng muqaddas hisoblanadi. Ayol huquqi, uning erkinligi, tengligi eng muhim masalalardan biridir.

Mamlakatimizda bu borada juda katta islohotlar amalga oshirildi. Ayol huquqlari boʻyicha qonunchilik bazasi shakllantirildi. Xotin-qizlar masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Muxtasar aytganda, ayolga ehtirom koʻrsatish — millatga, mamlakatga, ertangi kunimizga, kelajak avlodlarimizga ehtirom koʻrsatishning bosh mezoniga aylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni mamlakatimiz xotin-qizlari hayotida muhim tarixiy hujjat boʻldi. Bugungi kungacha Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida 10 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, dasturlar tasdiqlandi.

Mazkur Farmon bilan mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ogʻirini yengil qilish, haq-huquqlarini taʼminlash, isteʼdodlari va qiziqishlarini roʻyobga chiqarishlariga imkon berish va munosib ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shunga muvofiq bevosita xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi tuzilma boʻlgan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va uning quyi tuzilmalarining tarkibi, vazifa va vakolatlari aniq belgilab berildi.

Bugungi kunda Xotin-qizlar qoʻmitasi 4 ta ustuvor yoʻnalish asosida faoliyat koʻrsatmoqda. Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini oshirish, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, jumladan nogironligi boʻlgan ayollarga manzilli ravishda ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish, bandligini taʼminlash, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda ishlash kabi yoʻnalishlarda ish olib borilmoqda.

Iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga jalb qilish borasida ham samarali natijalarga erishilmoqda. Joʻqorgʻi Kenges va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan hamda siyosiy partiyalar tuman Kengashlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar oʻrtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilib borilmoqda.

Ayniqsa, ana shunday tadbirlardan biri tumanimizda “Yosh oilalar va qizlar” forumi doirasida boʻlib oʻtgan “Men ham yetakchi boʻlaman”, “Kim nimaga qodir?” mavzusidagi mahorat darslari, “Oilam kitob oʻqiydi” aktsiyalari ayol-qizlarda katta taassurot qoldirdi.

“Sogʻlom ayol – sogʻlom jamiyat” shiori ostida oʻtkazilgan ayollar sport musobaqalarida 400 nafarga yaqin turli sohalarda mehnat qilayotgan ayollar va uy bekalari ishtirok etishdi. Gʻolib boʻlgan ayollarga tashkilotchilar tomonidan diplom, Faxriy yorliq va sovgʻalar topshirildi.

Tumanimizning sportchi qizlari sportning mini futbol turi boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatining Qarshi shahrida oʻtkazilgan final bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladi va ularga Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan homiylar tomonidan velosipedlar sovgʻa qilindi. Xotin-qizlar qoʻmitasida iqtidorli qizlar va ulardagi isteʼdodning shakllantirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich tashkilotlari qoshida “Qizlarjon” klublari faoliyat olib bormoqda. Klublarda tashkil etilgan mashgʻulotlar oʻz vaqtida oʻtkazilib, barcha qizlarda katta qiziqish uygʻotmoqda. Tuman xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich tashkilotlarida, “Qaynonalar” kengashlarida, “Qizlarjon” klublarida, Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalarda jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va tumandagi davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan obroʻ-eʼtiborli, faol ayollardan 500 nafari mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga jalb etildi.

Faol xotin-qizlar tomonidan ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollar aniqlanib, ularning roʻyxati shakllantirildi. Ularning bandligini taʼminlashga, imtiyozli kreditlar olishlariga koʻmaklashildi. 17 nafar nogironligi boʻlgan ayollarga Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan nogironlik aravachalari topshirildi. 8 nafar nogironligi boʻlgan ayollarga tikuv mashinalari berilib, kasanachilik asosidagi ish bilan taʼminlandi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod boʻlib kelgan 3 nafar ayol bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, ularga mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislar va hududdagi faol ayollar masʼul qilib biriktirildi hamda ishga joylashtirildi. Undan tashqari, ogʻir sharoitda yashayotgan 11 nafar ayolning uy-joylari taʼmirlab berildi. 11 ta oilaga tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi taqdimiga koʻra, tuman hokimligi tomonidan koʻmir, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari yetkazib berildi.

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasining siyosiy partiyalar tuman Kengashlari, “Ayollar qanoti” faollari, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, taʼlim muassasalari, NNTlarning tuman boʻlimlari bilan hamkorligi samarali yoʻlga qoʻyilgan. Xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam berish maqsadida tasdiqlangan reja asosida faol ayollar va hoji onalarni keng jalb qilgan holda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Olamni Ayol mehri tutib turadi. Ayol muhabbati — hayot mazmuni. Ayolni asrasak, eʼzozlasak — jamiyatni, millatni ulugʻlagan, hayotni qadrlasak, uning bardavomligini taʼminlagan boʻlamiz.

Maryam AHMEDOVA, tuman hokimi oʻrinbosari,

Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026