Islohotlar samarasi olis ovullarda ham koʻzga tashlanayapti
Mamlakatimizda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi har bir taʼlim muassasasida yaqqol koʻzga tashlanayapti.
Jumladan Amudaryo tumanining eng chekka hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlashda bir qancha qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tumanning eng chekka hududi hisoblangan Qilichboy ovulining “Yuqori qishloq” mahallasida joylashgan 8-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yili oldidan 1 mlrd. 37 mln. 400 ming soʻmlik rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Bunday qurilish ishlarining amalga oshirilishi natijasida maktabda taʼlim oladigan 437 nafar oʻquvchiga taʼlim olishlari uchun, ularga taʼlim beradigan 42 nafar oʻqituvchiga mehnat qilishlari uchun toʻla qulayliklar yaratildi.
- Bu yil maktabimizning 1-sinfiga 42 bola qabul qilindi, - deydi maktab direktori Toʻlgʻonoy Jumaniyozova. – Biz ularga Prezident sovgʻalarini topshirib, eng yaxshi sinf xonalaridan birini berdik. Hozir yorugʻ va shinam xonalarda taʼlim olayotgan bolajonlarda oʻquv mashgʻulotlariga boʻlgan qiziqish tobora ortayapti.
Mahallada yangidan boʻy tiklagan ushbu maktab binosi va bu yerda yaratilgan sharoitlar nafaqat oʻquvchi hamda oʻqituvchilarning, balki ovul aholisining ham quvonchi va faxriga aylanmoqda.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶