ÖQITUVÇILARNING ANʼANAVIY AVGUST KENGAŞI BÖLIB ÖTDI
Yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişdek muqaddas va masʼuliyatli kasb egalari uçun hayajonli va intiq kutilgan daqiqalar yaqin. Yoz böyi huvillab yotgan maktablar yana öquvçi-yoşlarni öz bağriga çorlamoqda. Hademay yangi öquv yili boşlanadi.
Xalq taʼlimi tizimi xodimlari har yili yangi öquv yili boşlanişi oldidan kengaşib, ötgan öquv yilidagi erişilgan natijalarni sarhisob qilib, yangi öquv yili uçun rejalar tuzib olişadi.
Joriy yil 26-avgustda anʼanaviy Avgust kengaşi «Çoyköl» ovulidagi Madaniyat markazida ötkazildi.
Anjumanda tuman hokimligi masʼul xodimlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari, maktablarning direktorlari, direktor örinbosarlari, öqituvçilar iştirok etdilar.

Öqituvçilarning anʼanaviy Avgust kengaşini tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri O.Yöldoşov oçdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri A.Ayapov anjuman iştirokçilarini xalq taʼlimi tizimi xodimlari uçun tub burilişlar davrini boşlab berayotgan 2018-2019 öquv yili boşlanişi va mustaqillik bayrami bilan qizğin muborakbod etdi, pedagog xodimlar oldida turgan yoşlarni Vatanga muhabbat, xalqimizning köp asrlik urf-odat, anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalaş, ular ongiga yuksak odob-axloq fazilatlarini çuqur singdiriş, zamonaviy ilmni puxta egallaşlariga erişiş borasidagi vazifalarga keng töxtaldi.
Tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Otabek Yöldoşov 2017-2018 öquv yili yakunlari, erişilgan yutuqlar, yöl qöyilgan kamçiliklar va kelgusida tizim xodimlari oldida turgan uluğvor vazifalar haqida maʼruza qildi.
Şundan söng, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, joriy yilda oliygohni tugatib, 26-sonli maktabda öqituvçilik faoliyatini boşlayotgan Nilufar Rajabboyeva, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamurodova, 13-sonli maktab direktori Murodboy Haybullayevlar yiğilganlarni yangi öquv yili boşlanişi va istiqlolimizning 27 yilligi bilan tabrikladilar.
Anjumanda 2017-2018 öquv yilida öquvçilarga taʼlim-tarbiya berişda ulkan yutuqlarga erişgan 43 nafar pedagog-xodimlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, tuman hokimligi va tuman Xalq taʼlimi bölimi tomonidan Faxriy yorliqlar, esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Öqituvçilarning anʼanaviy Avgust kengaşida boşlanayotgan öquv yili uçun rejalar belgilab olindi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶