“AZIZ VA YaGONAMSAN, JONAJON OʻZBEKISTONIM” ShIOPI OSTIDA OʻTGAN MAʼNAVIY-MAʼPIFIY TADBIP BAYPAMONA PUH BAGʻIShLADI
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi tomonidan mustaqillikning 27 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yurtimiz ahliga bayramona ruh bagʻishlamoqda.
Tumandagi 9-sonli musiqa maktabida tashkillashtirilgan navbatdagi “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga Oʻzbekiston Pespublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Pajab Pajabov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hamid Toshpoʻlatov, markazning Qoraqalpogʻiston boʻlimi rahbari Quvonch Yusupov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Pavoj Oʻtarboyevlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar Oʻzbekistonda istiqlol yillarida har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarish va yangilanishlar, erishilgan yutuqlar haqida mamnuniyat bilan soʻzladilar. Shuningdek, ravnaq topayotgan Vatanimizni ardoqlashni, jamiyatni yuksaltirish uchun imkon boricha hissa qoʻshishni har kim oʻz burchi deb bilishi lozimligini aytib oʻtdilar.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilarining Vatanga muhabbat, burchga sadoqat kabi ulugʻvor tuygʻular haqidagi suhbati barchaning oʻz eliga boʻlgan ehtiromini, faxru-iftixorini yanada oshirdi.
Mahmud SAFAPBOYeV, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
tuman boʻlinmasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶