24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 938

Betakrorimsan, aziz Vatanim!

Betakrorimsan, aziz Vatanim!

Aziz yurtimiz oʻz mustaqilligiga erishib, ota-bobolarimizning azaliy orzu-umidlari roʻyobga chiqqaniga ham 27-yil boʻlmoqda. Mustaqillik sharofati sabab bugun yurtimiz obod, oilalarimiz tinch. 

Vatanga muhabbat har bir insonga xos tuygʻudir. Chindan ham, yurtimiz, qolaversa, butun dunyo tarixiga bir nazar solsak, Vatanga muhabbat tuygʻulari rivojlangan joyda har taraflama bunyodkorlik, obodonchilik, toʻkinlik, moʻl-koʻllik va farovon turmushning guvohi boʻlamiz. 

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): «Alloh taolo yurtlarni Vatan muhabbati bilan obod qildi», deganlar. Va yana: «Agar Vatan muhabbati boʻlmaganida yurtlar xarob boʻlardi», deganlar.

Zotan, insonning oʻz Vataniga, yashab turgan goʻshasiga mehr-muhabbati boʻlmasa, hech qachon oʻzi yashab turgan joyda har taraflama qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar boʻlishiga eʼtibor bermaydi. Bunday insonlar uchun nafaqat Vatan tuygʻusi, balki boshqa barcha ijobiy hissiyot va muqaddas tuygʻular begonadir. Bundaylar uchun Vatan degan tushunchaning hech qanday ahamiyati yoʻq. Bu holat esa bizning shariatimizda qattiq qoralanadi. Aksincha, dinimizda Vatan va unga bogʻliq boʻlgan qadriyatlarni asrab-avaylash, himoya qilish madh etiladi, hatto bu borada qilingan harakatlar va shu yoʻlda jon fido qilish oxiratda buyuk maqomlarga erishish uchun vosita ekani zikr qilinadi.

Mana har yili mustaqillik tadbirlarini oʻtkazishdagi ramziy shior barcha yurtdoshlarimizning qalbida aks-sado beradi. Eng ulugʻ, eng aziz bayramning qutlugʻ 27 yilligini «Aziz va muqaddassan, jonojon Oʻzbekistonim!» degan ezgu shior ostida nishonlanayotgani ham teran mazmunga ega. Unda ifodalangan soʻzlar bizni fidoyilikka, vatanparvarlikka undab turadi. 

Shayx Muhammad Gʻazzoliy aytgan ekanlar: Inson oʻzi tugʻilib-oʻsgan yurtni, undagi barcha narsalarni sevadi, garchi u joy odam yashamaydigan sahro boʻlsa ham. Vatanni sevish inson qalbidagi asl, tugʻma tabiatdir. Ushbu tugʻma tabiat insonni vatanida yashab turganda xotirjam qiladi, undan yiroqda boʻlganda esa sogʻintiradi, unga hujum qilinganda uni himoya qiladigan, hurmatsizlik qilinganda gʻazablanadigan qilib qoʻyadi.

Imom Gʻazzoliy ushbu hikmatli soʻzlaridan Vatanni sevish insonning tugʻma tabiati, insoniylik fitratida bor xislat ekani maʼlum boʻladi.

Vatan obodligi – taraqqiyot hamda yuksalishlarning asosidir.

Ha bu yil qutlugʻ bayramga tayyorgarlik oʻzgacha. Odamlarimizning kayfiyati chogʻ, ularning yuz-koʻzlarida xursandchilik, bayram ruhi sezilib turibdi. 

Mahalladoshlar bilan suhbatlashar ekanmiz, kimdir tomorqadan katta daromad olayotgani, yana kimdir tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, roʻzgʻori but, koʻngli xotirjam ekanini aytardi. Yana kimningdir farzandi sport sohasida xalqaro miqyosda katta yutuqqa erishganini aytib, faxrlanardi. Xullas, muvaffaqiyatga erishmagan oilaning oʻzi yoʻq ekan. 

Albatta, bunday farovonlik uchun, toʻkin-sochinlik uchun Yaratganga shukr keltirishimiz, shunday yurtda yashash baxti nasib etganidan xursand boʻlishimiz kerak. Shu oʻrinda, jonajon diyorimiz taraqqiyotiga har birimiz munosib hissa qoʻshib yashashimiz kerakligini his qilmogʻimiz darkor. 

Dono xalqimiz bejizga, toma-toma koʻl boʻlur, demagan. Zotan, Vatanimizning gullab-yashnashi yoʻlidagi birdamligimiz, sobitqadamligimiz, amaliy harakatlarimiz yurtimizning bundan-da yuksak marralarni qoʻlga kiritishiga xizmat qiladi.

Shunday ekan, har birimiz oʻz tugʻilib oʻsgan ona diyorimizni sevishimiz, qadriga yetishimiz, tinchligi yoʻlida kamarbasta boʻlishimiz, uning istiqlolini asrab-avaylashimiz, dushmanlaridan himoya qilishimiz, bu neʼmatlarni inʼom etgan Ulugʻ Robbimiz Allohga tinimsiz shukrona qilishimiz, bu neʼmatlar haqida Allohning amri va Rasulullohning sunnati oʻlaroq tinimsiz gapirishimiz, bu haqda qasida-yu sheʼrlar bitishimiz, gazeta va jurnallarda, internet saytlarida chiqishlar qilishimiz lozim-u lobud ekan!

Alloh taolodan iltijolar qilib soʻraymizki, barchamizni Vataniga sadoqatli, el-yurti, xalqi hamda dini yoʻlida xizmat qiladigan haqiqiy vatanparvar boʻlib yashash baxtiga muvaffaq aylasin.

 

Oʻktam Qurbaniyozov, Amudaryo tumani "Noʻgʻoy eshon" jomeʼ masjidi imom xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026