YuKSAK MARRALAR SARI
“Toʻlqin” ovulidagi “Tajimurodov Ismoil” fermer xoʻjaligida har yili davlatga paxta, pilla va bugʻdoy topshirishning shartnomaviy rejalari ortigʻi bilan bajarib kelinadi.
Mazkur fermer xoʻjaligida bu yil ham 40 gektar maydonga ekilgan paxta barcha agrotexnika qoidalariga asosan parvarish qilinmoqda.
Gʻoʻza qator oralariga sifatli ishlov berish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan oqilona foydalanish, gʻoʻzani sugʻorishdagi tejamkor usullarga rioya etish har bir tup gʻoʻzada hosil nishonalarining koʻpayishida muhim omil boʻlayapti.
Fermer xoʻjaligida bugʻdoy hosilidan boʻshagan dalalarga takroriy ekinlar ekishga ham alohida eʼtibor berildi. Ayni kunda fermer xoʻjaligi dalalarida 2,5 gektar maydonga ekilgan kuzgi kartoshka, sabzi, mosh va boshqa ekinlar parvarishiga ham alohida eʼtibor berilayapti.
– Bu yil fermer xoʻjaligimizda 40 gektar maydonga ekilgan paxta yaxshi parvarishlanayotganligi sababli moʻl hosil toʻplayapti, – deydi fermer xoʻjaligi raisi Ismoil Tajimurodov. – Bu ishda 40 nafar ijarachilarimiz fidokorona mehnat qilmoqdalar. Niyatimiz – bu yil davlatga 83 tonna “Oq oltin” topshirib, shartnomaviy rejamizni oʻz vaqtida bajarishdan iborat.
Fermer xoʻjaligida barcha ishlarning shu kun talablari darajasida tashkil etilayotganligi bu yil xoʻjalik dehqonlarining yuksak marralarni egallashlaridan darak berib turibdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶