Qishloq xoʻjaligi
👁 1,051
TAKRORIY EKIN – QOʻShIMChA DAROMAD MANBAI
Ayoqchi mahallasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Gʻofur traktorchi” fermer xoʻjaligida 2018-yil hosili uchun 8 gektar yerga bugʻdoy ekilib, yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olindi.
Ayni kunlarda bugʻdoydan boʻshagan yerlar qondirib sugʻorilib, takroriy ekin ekish ishlari qizgʻin olib borilayapti. Takroriy ekinlar qoʻshimcha daromad manbai ekanligini chuqur anglagan xoʻjalik aʼzolari sabzi, kuzgi kartoshka, mosh, kuzgi karam singari ekinlarni ekishni qisqa kunlarda tugallashga intilayapti.
Suratda: (chapdan) xoʻjalik ish yurituvchisi Erkin Masharipov, fermer xoʻjaligi raisi Gʻofurjon Jumatovlar takroriy ekin ekilayotgan dalada.
M.Shomurodov olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶